softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrangning oldini olish qoidalari belgilandi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrangning oldini olish qoidalari belgilandi

Batafsil o'qish:

“Qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrangni oldini olish” qoidalari Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Foto: Sputnik / Vladimir Pesnya

Qoidalar qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrangni oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik tartibini belgilaydi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisiga yolg‘on (chalg‘ituvchi) vaziyatlar yaratish, shu jumladan quyidagilar taqiqlanadi:

🔸 mulkdorning o‘zgarishiga olib kelmaydigan bitimni amalga oshirish;
🔸 yolg‘on yoki boshqa bozor ishtirokchilarini chalg‘itadigan har qanday ma’lumotlarni berish va tarqatish;
🔸 uchinchi shaxslarni qimmatli qog‘ozlarni manipulyatorlar uchun qulay narxda sotib olishga (sotishga) undash maqsadida narxlarini sun’iy ravishda oshirishga/pasaytirishga, soxta yoki chalg‘ituvchi faol savdo taassurotini uyg‘otishga qaratilgan harakatlarni sodir etish.

Qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari va boshqa ishtirokchilar hiyla-nayrang alomatlari mavjud bo‘lganda, bu haqda vakolatli organni bitim ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran 3 kun ichida xabardor qilishi shart.