Sog‘liqni saqlash sohasining yangi modeli qanday joriy etiladi?
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Prezidentning "Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Foto: O‘zA
Hujjat bilan prezidentning PF-88-son farmonini ijro etish vazifalari belgilandi. Ular 2025 yil 1 iyuldan respublikaning 15 ta tuman (shahar)larida, Samarqand viloyatida esa 2026 yil 1 yanvardan sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modelining tajriba-sinov loyihasini joriy etishga yo‘naltirilgan:
Tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlari amaldagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini xatlovdan o‘tkazadi va ularni Tajriba-sinov loyihasi talablariga muvofiq yuridik shaxs maqomiga ega tegishli tipdagi oilaviy poliklinika shaklida qayta tashkil etadi.
Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar markaziy shifoxonalarning maslahat-diagnostika bo‘linmalariga aylantiriladi.
Tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlari – mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga va davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega davlat boshqaruvi organi. O‘z faoliyatida tegishli tuman (shahar) hokimligi va sog‘liqni saqlash boshqarmasiga bo‘ysunadi.
Tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlari xodimlariga hujjat bilan tasdiqlangan tarif razryadlari qo‘llanilgan holda ish haqi hisoblanadi. Bunda tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlariga bo‘ysunuvchi tibbiyot muassasalari tomonidan pulli asosda ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlardan tushumlarning 2 foizi ushbu bo‘limlarning budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
Tajriba-sinov loyihasi doirasida oilaviy poliklinikalar quyidagilarni amalga oshirishga majbur:
2025 yil 1 iyuldan boshlab respublikaning barcha davlat tibbiyot muassasalarida kasalliklarning og‘irlik darajasi va davolashning murakkabligidan kelib chiqib maxsus ko‘nikmalarni talab qiladigan davolash choralari va yuqori xavf darajasidagi amaliyotlarni samarali amalga oshirgan shifokorlarga oylik lavozim maoshlarining 25 foizdan 100 foizgacha ustama to‘lash tizimi joriy etiladi.
Qaror bilan Tajriba-sinov loyihasi doirasida tibbiyot muassasalarini ta’minlash uchun axborot-kommunikatsiya jihozlari va tarmoq qurilmalari ro‘yxati tasdiqlandi.
Tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari va tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlari shaffof o‘tkaziladigan imtihonlar asosida ishga qayta rasmiylashtiriladi.
2025 yil 1 iyundan boshlab dastur doirasida tibbiyot muassasalarida aholi uchun qulay sharoitlar yaratish va uning tibbiyotga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida qisqa muddatda: