Paxta va g‘allachilikda yuqori ko‘rsatkichlarga ega sub’yektlar qo‘shimcha rag‘batlantiriladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Paxta va g‘allachilikda yuqori ko‘rsatkichlarga ega xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi e’lon qilindi.
Foto: Kun.uz
Nizom 2025 yil hosilidan boshlab har yili paxtadan 50 sentner/gektar, g‘alladan 80 sentner/gektardan yuqori hosil olganini soliq hisobotlarida aks ettirgan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga kelgusi yilda ijaraga olingan jami yer maydonining 25 foiziga almashlab ekish usulida chorva uchun ozuqa, sabzavot, poliz, kartoshka, moyli va dukkakli ekinlarni ekish (joylashtirish) tartibini belgilaydi.
Har bir tumanda tuman (Quvasoy shahar) hokimligi tomonidan yuqori hosildorlikka erishgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirishga ko‘maklashuvchi tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi namunaviy tarkibda tuziladi.
Yuqori hosildorlikka erishgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari manzilli ro‘yxatga kiritish to‘g‘risida har kalendar yilning 20 dekabriga qadar ishchi guruhga elektron yoki yozma shaklda ariza bilan topshirilgan mahsulot hisob-fakturasi, soliq va statistika hisobotlarining tasdiqlangan nusxalarini ilova qilgan holda murojaat qiladi.
Ishchi guruh uch ish kunida quyidagilarni o‘rganib chiqadi:
Ishchi guruh har kalendar yilning 25 dekabriga qadar yuqori hosildorlikka erishgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari manzilli ro‘yxatini shakllantiradi.
Quyidagi hollarda yuqori hosildorlikka erishgan talabgorlarning manzilli ro‘yxatga kiritish to‘g‘risidagi murojaatlari rad qilinadi:
Tasdiqlangan manzilli ro‘yxat ishchi guruh tomonidan har kalendar yilning 31 dekabriga qadar tuman hokimligiga kiritiladi.
Tuman hokimligi manzilli ro‘yxatdagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari jami yer maydonining 25 foiziga almashlab ekish usulida paxta va g‘alladan boshqa ekinlarni joylashtirish bo‘yicha takliflarni tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi, tuman suv yetkazib berish xizmati, fermerlar kengashi tomonidan ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.
Bunda, yuqori hosildorlikka erishgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari jami yer maydonining 25 foiziga almashlab ekish usulida chorva uchun ozuqa, sabzavot, poliz, kartoshka, moyli va dukkakli ekinlarni ekish (joylashtirish) mumkin.
Yerning meliorativ holatini yomonlashishiga, shuningdek suv ta’minoti yomon yerlarga ko‘p suv talab etiladigan ekinlarni joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Rag‘batlantirish imtiyozi bir kalendar yil uchun amal qiladi va keyingi yil uchun qayta ariza bilan murojaat qilinadi.