softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekiston va Xitoy nasos-akkumulyatorli gidroelektr stansiyalarini qurishi mumkin

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O‘zbekiston va Xitoy nasos-akkumulyatorli gidroelektr stansiyalarini qurishi mumkin

Batafsil o'qish:

Xitoyning China Southern Power Grid International kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Joriy yilning 27 may kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida vazir o‘rinbosari Ilhom Umrzoqov Xitoyning China Southern Power Grid International (HK) Co., Ltd. (CSGIHK) kompaniyasi vitse-prezidenti Fan Yaliang boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi «har qanday ob-havo sharoitida ishlovchi keng qamrovli strategik sheriklik» munosabatlari doirasida energetika sohasidagi hamkorlik istiqbollarini, xususan, gidroenergetika sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan nasos-akkumulyatorli gidroelektr stansiyalari (NAGES) bo‘yicha loyiha jarayonlarini muhokama qildi. 

Ta’kidlanishicha, bunday loyihalar elektr-energiya tarmoqlaridagi barqarorlikni oshirishda muhim ahamiyat ega.

Shuningdek, uchrashuvda hududlarda elektr-energiya taqsimoti tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha CSGIHK tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar ham o‘zaro muhokama qilindi. Delegatsiya shu kabi loyihalarda potensial investor sifatida ishtirok etish bo‘yicha dastlabki loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni boshlashga tayyorligini ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar rejadagi loyihalarni tezkor va samarali tatbiq etish maqsadida doimiy texnik va institutsional muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.