YouTube'dagi monetizatsiya natijasida o‘zbek blogerlari daromadi 50 mln dollarga yetishi mumkin
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
YouTube platformasining O‘zbekistonda reklama daromadi ko‘rish (monetizatsiya) xizmati yoqilishi tahlili taqdim etildi.
Foto: picture-alliance/dpa
YouTube monetizatsiyasi 108 ta davlatda yoqilgan bo‘lib, Markaziy Osiyo davlatlaridan faqat Qozog‘istonda mavjud.
O‘zbekistonda kreativ industriya sohasiga oid 9,6 ming korxonada 84 ming nafar xodim faoliyat ko‘rsatmoqda. Kreativ iqtisodiyotning umumiy iqtisodiyotdagi ulushini 2030 yilgacha 5 foizga yetkazish maqsad qilingan.
Monetizatsiya xizmati yoqilishi natijasida O‘zbekistonda mahalliy reklama bozori hajmi oshadi. 2024 yilda reklama bozori 2,1 trln so‘m bo‘lib, 29 foizi - raqamli reklamaga to‘g‘ri keladi (20 foiz - tashqi reklama, 51 foiz - telereklamalar).
Monetizatsiya natijasida mahalliy blogerlarning daromadi yiliga 30-50 mln dollarga yetishi mumkin. Yangi kontent yaratuvchilar soni oshib, kreativ sanoat rivojlanadi.