O‘zbekistonda tashlab yuborilayotgan biomassadan foydalanish pilot loyihasi amalga oshiriladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» boshlig‘i Ilhom Nig‘matullayev va Koreya Energetika Agentligi ijrochi direktori Kim Sung Van boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Foto: O‘zenergoinspeksiya
Uchrashuvda Hyundai Power Systems, Quantum Solution, Aquapro hamda KEC System kompaniyalari vakillari ham ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda tashlab yuborilayotgan biomassadan foydalanish orqali kogeneratsiya loyihalarini rivojlantirish imkoniyatlari, texnologik hamkorlik istiqbollari hamda Toshkent shahrida o‘tkazilgan Energy Value Networks Forum natijalari muhokama qilindi.
Biomassa asosidagi pilot loyiha Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahri yaqinidagi hududda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, uni 2030 yilga qadar yakunlash mo‘ljallanmoqda.
Shuningdek, Koreya Energetika Agentligi tomonidan joriy yilda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslarida «O‘zenergoinspeksiya» xodimlarining ishtirokini faollashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi memorandum imzolanishi bo‘yicha takliflar ham muhokama qilindi.