softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Ichki ishlarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” o‘tkaziladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Ichki ishlarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” o‘tkaziladi

Batafsil o'qish:

Joriy yil iyun oyining birinchi 10 kunligi barcha ichki ishlar organlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” deb e’lon qilinadi.

Ichki ishlar organlarida xizmat intizomi, qonuniylik va kasbiy mas’uliyatni ta’minlash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu yo‘nalishda birinchi rahbarlarning shaxsan nazoratida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ahamiyat kasb etadi.

Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlarning huquqiy ongi va kasbiy sadoqatini mustahkamlash maqsadida keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda. Fuqarolar tomonidan xodimlarga pora taklif qilish holatlari yuzasidan o‘z vaqtida xabar berish tizimi jadallashtirilgan.

Iyun oyining birinchi 10 kunligi barcha ichki ishlar organlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” deb e’lon qilinadi.

Bu chora-tadbirlar ichki ishlar organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, jamoatchilik ishonchini mustahkamlash va xodimlarning kasbiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan.