Madaniyat va san’at sohasidagi startap-loyihalar uchun grant ajratiladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Vazirlar Mahkamasining «Ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan madaniyat va san’at sohasida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yangilash va yangi bosqichga olib chiqishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi:
Ijodkor yoshlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona platforma joriy etilishi va uni «ERP madaniyat» yagona boshqaruv tizimiga integratsiya qilish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, madaniyat sohasida sun’iy intellektdan hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha «Ijodiy texnolaboratoriya» tashkil etiladi.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida madaniyat va san’atga qiziquvchi yoshlardan iborat «Ijodkor yoshlar klubi» yaratiladi.
Madaniyatshunoslik va san’atshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy ish olib borayotgan yoshlarga xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan konferensiyalarda ishtirok etish, malakasini oshirish va tajriba almashishlarida ko‘maklashiladi.
Madaniyat va san’at sohasidagi startap-loyihalar uchun BHMning 100 baravarigacha miqdorda ijodiy grantlar ajratish choralari ko‘riladi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
2025-2030 yillarda ijodkor yoshlarni tanlash, saralash va ularni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;
2030 yilgacha yoshlar o‘rtasida madaniyat va san’at sohasiga oid o‘tkaziladigan tanlov va festivallarning natijadorligini oshirishga erishish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar.