Ijaraga berilgan yerlardan foydalanish samaradorligi oshiriladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishni yangi tizim doirasida tashkil etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi.
Prezidentning «Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq quyidagilar tashkil etildi:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi qishloq xo‘jaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi;
davlat korxonalari — Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, Andijon, Jizzax, Namangan, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari huzuridagi ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligi yerlariga xizmat ko‘rsatish direksiyalari.
Loyiha ofisi direksiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi. Direksiyalar ijarachilarning yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasida belgilangan huquqlardan amalda foydalanishini kafolatlaydi, xususan, suv yetkazib berish limitlariga rioya qilinmasligi oqibatida yetkazilgan zararni darhol qoplab beradi va keyinchalik regress tartibda undirib oladi.
Hujjat bilan direksiyalarning vazifalari belgilandi:
Direksiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari:
Hujjat bilan ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligi yerlariga xizmat ko‘rsatish direksiyasining namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi.
https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda_yangi/ijaraga_berilgan_erlardan_foydalanish_samaradorligi_qanday_oshiriladi