softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Kompensatsiyalarni tayinlash tartibi soddalashtiriladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Kompensatsiyalarni tayinlash tartibi soddalashtiriladi

Batafsil o'qish:

Prezidentning «Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Hujjat «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini amalga oshirish doirasida aholiga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlash tartibini takomillashtirish orqali pensiya oluvchilar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga qaratilgan.

2025 yil 1 iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi joriy etiladi:

fuqarolarga I yoki II guruh nogironligi belgilanishi munosabati bilan pensiyalarni alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash. Bunda fuqaroga proaktiv shaklda tayinlangan pensiyadan voz kechish huquqi beriladi;
ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga hamda yadroviy poligonlar va boshqa radiatsiya-yadroviy obektlarda harbiy xizmatni o‘tagan shaxslarga kompensatsiyalarni elektron ma’lumotlar almashinuvi asosida proaktiv shaklda tayinlash;
nogironlik pensiyasi tayinlangandan so‘ng kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lganda fuqaroning pensiya miqdorini har ikki yilda proaktiv shaklda qayta hisoblashni amalga oshirish.
 
2025 yil 1 oktyabrgacha fuqarolarga pensiya tayinlashda amaliy yordam ko‘rsatish xizmati, xususan staj va ish haqiga oid elektron ma’lumotlardagi kamchiliklarni bartaraf yetish bo‘yicha ham joriy etiladi.