Saida Mirziyoyeva Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
«Farzandlarimiz qalbi oftob, mehri daryo, bolajonlarni so‘zsiz tushunadigan g‘amxo‘r insonlar qurshovida o‘sib-ulg‘aysin», deya tilak bildirdi prezident yordamchisi.
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan barcha bolalarni tabrikladi.
«Farzandlarimiz qalbi oftob, mehri daryo, bolajonlarni so‘zsiz tushunadigan g‘amxo‘r insonlar qurshovida o‘sib-ulg‘aysin.
Hammamizning umr yo‘limiz bolalik bekatidan boshlanadi va biz tuygan ilk zavqli, baxtli lahzalar butun hayotimiz davomida aks sado berib turadi.
15 may kuni «Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirdi – davlatimiz har bir o‘g‘il-qizning beg‘ubor bolaligi baxtli o‘tmog‘i uchun barcha choralarni ishga solmoqda.
Bolalarni asrab-avaylang. So‘zlariga quloq tuting. Ularni o‘rab turgan atrof-olam shodlikka to‘la bo‘lsin», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida.