O‘zbekiston Rossiyadan turistlar oqimini oshiradi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
O‘zbekiston Rossiyaning Russian Express sayyohlik kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Foto: Kun.uz
Bu hamkorlik mamlakatni jozibador sayyohlik yo‘nalishi sifatida har tomonlama targ‘ib qilish bo‘yicha strategik kampaniyaning bir qismidir.
Hamkorlik doirasida Rossiyaning oltita yirik shahri – Sankt-Peterburg, Qozon, Novosibirsk, Yekaterinburg va Moskvada bir qator seminarlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Ushbu tadbirlar ikki davlat turoperatorlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘rnatish shuningdek, o‘zaro tajriba almashish, yangi sayyohlik mahsulotlarini taqdim etish va biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun muhim maydonga aylanadi.
Har bir uchrashuvda 500 dan 1500 gacha turizm sohasi mutaxassislari, xususan, agentlar, turoperatorlar, ixtisoslashgan ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqa ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan onlayn platformalar, ijtimoiy tarmoqlar va axborot nashrlarini qamrab oluvchi keng ko‘lamli media kampaniyasi rejalashtirilgan. Vebinarlar, reklama materiallarini chop etish, bannerlarni joylashtirish rejalashtirilgan. Bularning barchasi rossiyalik sayyohlar orasida O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilish va mamlakatga turistlar oqimini oshirishga qaratilgan.