softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Toshkentda L9 haydovchisi tez yordam mashinasiga yo‘l bermadi. Faollar unga ko‘rilgan chorani yengil deb baholashmoqda

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Toshkentda L9 haydovchisi tez yordam mashinasiga yo‘l bermadi. Faollar unga ko‘rilgan chorani yengil deb baholashmoqda

Batafsil o'qish:

Ijtimoiy tarmoq faollari haydovchiga yengil jazo berilganidan norozi, bunday holatlar uchun lamashinani musodara qilish kerakligi haqida ham fikr bildirilgan.

31 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda davlat raqami 01 774 OLA bo‘lgan Lixian L9 avtomashinasi tez yordam mashinasiga yo‘l bermagani aks etgan videotasvirlar tarqaldi. Unda tez yordam haydovchilari sirena va ovoz kuchaytirgich bilan bir necha bor ogohlantirish bersa ham, oldindagi mashina ularga yo‘l bermagani ko‘rinadi.

YPX xodimlari tomonidan Toshkentda mazkur haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik kodeksning 128-moddasi 5-bandi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi. Mazkur bandda tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signal bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalari to‘siqsiz o‘tib ketishi uchun transport vositalari haydovchilari tomonidan xalaqit berish ko‘zda tutilgan.

Qoidabuzarlik uchun BHMning 5 baravari miqdorida – 1 mln 875 ming so‘m jarima ko‘zda tutilgan.

Haydovchi «etiborsizlik qilib qo‘ygani, yo‘l so‘ralganini ko‘rmay qolganini aytib» uzr so‘ragan.

Tasvirlarda esa tez yordam mashinasi o‘ng tomondan o‘tishga urunganda ham haydovchi unga yo‘l bermagani, faqat keyinroq yon chiroqlarini yoqqan holda chetga o‘tgani ko‘rinadi.

«Har kimning boshida bor bu. Haydovchilardan iltimos qilgan bo‘lardik, sirena bilan kelayotgan maxsus avtomashinalarga iloji boricha yo‘l berishsin», – deydi tez tibbiy yordam mashinasi haydovchisi.

Blogerlar munosabati

Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev holatga munosabat bildirar ekan, o‘z Telegram kanalida quyidagicha izoh qoldirdi:

«Jarima miqdori — 1 mln 875 ming so‘m. Agar 15 kun ichida to‘lasa, 50% chegirma ham beramiz, natijada 937 ming so‘m to‘laydi, xolos. Bu o‘ta kulgili! Bir yoki bir necha inson hayotiga zomin bo‘lishi mumkin bo‘lgan bunaqa qo‘pol qoidabuzarlik uchun bunaqa yengil jazo berish sharmandalik. Sharmandalikning yana bir tomoni shundaki, ruxsatsiz tonirovka qilgan haydovchiga dastlab 9 mln 375 ming so‘m, agar yana takrorlansa, 15 mln so‘m jarima belgilaganmiz. Nima uchunligini bilasizmi? Chunki tonirovkadan tushadigan pulning asosiy qismi Ichki ishlar vazirligiga tushadi. Maxsus transport vositalariga yo‘l bermaganlarga esa takroriylik uchun og‘irroq jazo ham yo‘q. Ya’ni har kuni shu ishni qayta-qayta qilaversangiz ham, bir xil 900 ming so‘m jarima to‘lab, qutulib ketaverasiz. Arzimagan 900 ming so‘mni to‘lab qutulib ketadigan „krutoyvachchalar“ hech qachon xatosidan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmaydi».

Bloger qonunchilik tashabbusiga ega mas’ullarga murojaat qilib, jazo tizimini insonparvarlik nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqishni, odamlar xavfsizligini ustun qo‘yadigan tizim kerakligini, pul ishlash uchun o‘ylab topilgan qoidalaru jazolarni yo‘qotish kerakligini ta’kidladi.

Tarmoqlarda ushbu holatda sirena ovozini eshitmaslik mumkin emasligi, bundan keyin tez yordamga yo‘l bermaganlarning mashinasini musodara qilish zarurligini aytganlar ham bo‘ldi.

«Shaxsiy kuzatuvim bo‘yicha hozir Toshkentda tez yordam mashinalariga xuddi o‘sha chet elda olingan roliklardagi kabi, juda chiroyli tarzda yo‘l ochib berilyapti. O‘zim kamida ikki marta shunaqa jarayonda qatnashdim ham — uch „polosa“ mashina tirbandlikda turganida, 2- va 3-bo‘lakdagilar surilib, tez yordamga o‘rtadan yo‘l ochib bergandi. Odam bir boshqacha maza ham qiladi bunaqa tabiiy jarayonda. Shuning uchun ham videodagi holat menga ham juda g‘alati ko‘rindi, xuddi bir balosi bordek. Lekin qoida buzilgan baribir, qoidabuzarlik uchun jazo muqarrar bo‘lishi kerak», — deydi jurnalist Muhrim A’zamxo‘jayev.