softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Qoraqalpog‘istonda bambuk ekinzorlari barpo etiladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Qoraqalpog‘istonda bambuk ekinzorlari barpo etiladi

Batafsil o'qish:

O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi ko‘magida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i kengesining raisi Amanbay Orinbayev boshchiligidagi delegatsiyaning misrlik tadbirkor, BAAda ro‘yxatdan o‘tgan Bell Energy kompaniyasi boshqaruvi raisi Haysam Husayn bilan muzokaralari tashkil qilindi.

Foto: "Dunyo" AA

Uchrashuvda tomonlar Qoraqalpog‘istonning investitsion salohiyati, iqtisodiy ko‘rsatkichlari, istiqbolli xalqaro loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha imkoniyatlarini muhokama qildilar. Shuningdek, Bell Energy kompaniyasining ushbu hududda istiqbolli investitsiya loyihalarda ishtiroki masalasi ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan muloqotlar natijasiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Bell Energy kompaniyasi hamda uning biznes hamkorlari o‘rtasida bir qator anglashuv memorandumlari imzolandi.

Hujjatlar neft mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan omborlarini barpo qilish, chiqindilardan energiya ishlab chiqarish, bioetanol va aviatsiya yonilg‘isi uchun xomashyo hisoblangan bambuk ekinzorlarini barpo qilish va bolalar farovonligini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni nazarda tutadi.

Imzolangan hujjatlarni amalga oshirish maqsadida tomonlar har bir loyihaning texnik jihatlari va moliyaviy masalalarini ishlab chiqish va o‘zaro muvofiqlashtirishga kelishib oldilar.