Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshiriladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Prezidentning budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni 10 foizga, ya’ni inflatsiyadan past bo‘lmagan darajaga oshirishga doir farmoni imzolandi.
Foto: Kun.uz
2025 yil 1 iyuldan boshlab pensiyalar va nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari 10 foizga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi farmonida ko‘zda tutilgan.
Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish
Bunda:
2025 yil 1 avgustdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi.
Bazaviy miqdorlarni belgilash
Quyidagilar:
Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlar Davlat budjeti hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanishi ko‘rsatilgan.