softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekistonda modernizatsiya qilingan T-64 tanki namoyish etildi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O‘zbekistonda modernizatsiya qilingan T-64 tanki namoyish etildi

Batafsil o'qish:

Tankning bazaviy T-64B sovet tankidan asosiy farqi yangi kompozit zirh va 950 ot kuchiga ega Doosan DP222LC dvigateli ekani ta’kidlanmoqda.

O‘zbekistonda o‘tkazilgan MSITF-2025 mudofaa texnologiyalari festivalida T-64B sovet tankining modernizatsiya qilingan versiyasi namoyish etildi. Bu haqda Rossiyaning «Strategiya va texnologiyalarni tahlil qilish markazi» xabar berdi.

Markaz fikriga ko‘ra, tank Janubiy Koreya kompaniyalari ko‘magida modernizatsiya qilingan bo‘lishi mumkin. Tankning bazaviy T-64B tankidan asosiy farqi yangi kompozit zirh va 950 ot kuchiga ega Doosan DP222LC dvigateli ekani ta’kidlanmoqda.

Yangi dvigatel avvalgi 700 ot kuchiga ega 5TDF dvigateli o‘rniga o‘rnatilgan. Tank shuningdek, avtomatik transmissiyani ham oldi. Og‘irligi 40 tonna bo‘lgan mashina 65 km/s tezlikda harakatlanadi.

Asosiy T-64B sovet tanki 1976 yildan boshlab ishlab chiqarilgan. Mashina 125 mm kalibrli 2A46M-2 silliq nayli pushka va pulemyotlar bilan qurollangan. Tankning himoyasi po‘lat va shisha tolali ko‘p qatlamli zirh bilan ta’minlanadi.