Qurbon hayiti munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar e’lon qilindi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 2025 yil 6-8 iyun kunlari aholining dam olish vaqtini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yo‘nalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida respublika bo‘ylab chegirmalar joriy etilmoqda.
Foto: Turizm qo‘mitasi
Xususan, respublika bo‘ylab hududlarda faoliyat olib borayotgan joylashtirish vositalari tomonidan o‘zlarining xizmatlari uchun 20 foizgacha ixtiyoriy chegirmalar joriy etildi.
Shuningdek, "Vaqf" xayriya jamoat fondi tasarrufidagi pullik ziyoratgohlarga tashrif buyuruvchilar uchun bir qancha chegirmalar berish ko‘zda tutilgan.
Qurbon hayiti bayrami kunlari nogironligi bor va yoshi katta fuqarolar va yosh bolalarga ziyoratgohlarga kirish bepul etib belgilangan.