softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekiston va Pokiston hududlarida ikki mamlakatning milliy restoranlari tashkil etiladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O‘zbekiston va Pokiston hududlarida ikki mamlakatning milliy restoranlari tashkil etiladi

Batafsil o'qish:

O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Toshkent shahrida Bahriddin Chustiy va Pokistondagi mashhur Monal Restaurant restoranlar tarmog‘i asoschisi Luqmon Ali Afzal o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: "Dunyo" AA

Unda ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish va gastronomik yo‘nalishdagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekiston va Pokiston hududlarida mazkur mamlakatlarning boy gastronomik merosini aks ettiruvchi restoranlar ochishga kelishib oldi. Ushbu restoranlarda nafaqat milliy taomlar, balki ikki xalq madaniyati, urf-odatlari va mehmondo‘stlik an’analari namoyish etiladi.

Uchrashuv davomida, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning tashkiliy jihatlari – investorlar bilan hamkorlik, loyiha joyini tanlash, malakali kadrlar tayyorlash, sifat standartlari, logistika va boshqa amaliyot masalalari ham muhokama qilindi.

Mazkur tashabbus O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash, madaniy diplomatiyani rivojlantirish hamda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.