softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Toshkentda "BMT-ayollar" tuzilmasining ofisi ochildi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Toshkentda "BMT-ayollar" tuzilmasining ofisi ochildi

Batafsil o'qish:

Toshkent shahrida "BMT- ayollar" tashkilotining O‘zbekistondagi rasmiy ofisining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: "Dunyo" AA

Mazkur tadbir O‘zbekiston parlamenti va hukumatining yuqori martabali vakillari, BMT agentliklari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor vakillarini bir joyga jamladi.

BMT bosh kotibining o‘rinbosari va "BMT-ayollar" tuzilmasi ijrochi direktori Sima Baxusning 2024 yil may oyida O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Toshkentda "BMT-ayollar" tashkiloti ofisini ochish bo‘yicha oliy darajadagi kelishuvga erishilgan edi.

Ofisning ochilishi "BMT-ayollar" tashkiloti va O‘zbekiston hukumati o‘rtasidagi davomli hamkorlikdagi muhim bosqich hisoblanadi. Bu O‘zbekistonning gender tengligi va ayollar huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish milliy rivojlanishining ustuvor yo‘nalishi sifatida tan olinganini namoyon etadi. Mamlakatda doimiy ofisning tashkil etilishi "BMT-ayollar" tashkilotiga o‘z hamkorlari va milliy institutlarga ko‘magini yanada kuchaytirish, gender sezgir siyosatlarni ilgari surish hamda barcha sohalarda ayollar huquqlarining to‘liq amaliyotiga hissa qo‘shish imkonini beradi.

Rasmiy ochilish marosimi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va "BMT-ayollar" tuzilmasi hamda O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorligida muvofiqlashtirilayotgan gender sezgir budjetlashtirish loyihasining ishga tushirilishidan so‘ng bo‘lib o‘tdi. Ushbu loyiha yangi ofis tomonidan amalga oshiriladigan birinchi tashabbusdir.