softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Tenge Bank biznes uchun “DDS” yangi xizmatini taqdim etdi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Tenge Bank biznes uchun “DDS” yangi xizmatini taqdim etdi

Batafsil o'qish:

2025 yilning 28-29 may kunlari Toshkent shahrida “Digital Uzbekistan-2025” 5-Xalqaro PLUS-Forumi bo‘lib o‘tdi. “21-asrda bank chakana biznesi. KOʻB’ni raqamlashtirish. Bank chakana biznesining eng yaxshi misollari” mavzusidagi munozaralar paneli doirasida “Tenge Bank” ATB KOʻB boshqaruvchi direktori Bayan Abildayeva biznes uchun yangi xizmatni – “DDS” ni taqdim etdi. Bu o‘z navbatida raqamli transformatsiya va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash strategiyasining navbatdagi bosqichi bo‘ldi.

Foto: Tenge Bank

Yangi “Direct Debit System” xizmati mijozlarning joriy hisobraqamlaridan muntazam to‘lovlarni avtomatik ravishda yechib olish uchun mo‘ljallangan. Ushbu tizim biznes uchun yuridik shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni avtomatlashtirish, shuningdek, kundalik moliyaviy operatsiyalarni optimallashtirish imkonini beradi.

 “Avval tadbirkorlar hisob ochish uchun bank bo‘limiga tashrif buyurishi kerak edi. O‘tgan yili Tenge Business mobil ilovasida raqamli onboarding ishga tushirilishi yordamida jarayon bir necha daqiqada amalga oshiriladigan bo‘ldi. Keyingi qadam esa “DDS” xizmatini joriy etish edi, u muntazam to‘lovlarni avtomatlashtiradi va qo‘lda boshqarish zaruriyatini yo‘q qiladi. Biz to‘liq raqamli jarayonni ta’minlash uchun hisob ochishdan kundalik hisob-kitoblargacha innovatsion xizmatlarni joriy etishda davom etamiz”, – deb ta’kidladi Bayan Abildayeva.

Tenge Bank tadbirkorlar uchun bank xizmatlarini raqamlashtirish bo‘yicha o‘z strategiyasini amalga oshirishda davom etmoqda. Bank shunga ishonadiki, oddiy va samarali yechimlarni joriy etish bilan O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga hamda qulay tadbirkorlik faoliyati uchun zamonaviy infratuzilmani yaratishga xizmat qiladi.

***

Tenge Bank zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda barcha toifadagi korporativ va chakana mijozlarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadigan universal bankdir. Bank Qozog‘iston Xalq Bankining (Halyk Bank) shu’ba korxonasi hisoblanadi.

Halyk Bank Qozog‘istondagi eng yirik tizimni tashkil etuvchi banklardan biri bo‘lib, Halyk Group tarkibiga kiradi va Markaziy Osiyodagi yetakchi moliya institutlaridan biri hisoblanib, keng mijozlar bazasi va mavjudlik tarmog‘iga ega.

Halyk Group chakana va korporativ mijozlarga, kichik va o‘rta biznesga bank xizmatlarining to‘liq spektrini taklif etadi. Halyk Group Gruziya va O‘zbekistonda ham faoliyat yuritadi.

 E-mail: [email protected]   Veb-sahifa