UZTELECOM «Muruvvat» tarifini taqdim etadi: e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan yaratilgan tarif
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Qo‘llab-quvvatlash bu - faqat so‘z bilan emas, balki imkon yaratish, arzon aloqa va internet orqali e’tibor ko‘rsatishda namoyon bo‘ladi.
UZTELECOM ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalar — nafaqadagi fuqarolar, nogironligi bor shaxslar hamda “Temir daftar” tizimiga kiritilganlar uchun mo‘ljallangan yangi «Muruvvat» tarif rejasini ishga tushirdi. Bu tarif nafaqat navbatdagi aloqa xizmati, balki mas’uliyat, hurmat va chin dildan bo‘lgan g‘amxo‘rlik natijasidir.
So‘z bilan emas, amalda g‘amxo‘rlik qilish vaqti keldi
Texnologiyalar hayotimizni qulaylashtirmoqda, ammo ularning haqiqiy qiymati — barcha qatlamlar uchun teng imkoniyatlar yaratishidadir. Nafaqadagi insonlar, nogironlar yoki yordamga muhtojlar ham raqamli jamiyatdan chetda qolmasligi kerak.
«Muruvvat» bu — chin dildan ko‘rsatilgan e’tibor, har bir inson uchun muhim bo‘lgan aloqa vositalarini arzon va qulay shaklda taqdim etishdir.
«Muruvvat» tarif rejasida nimalar mavjud?
Tarif mazmuni kundalik ehtiyojlar asosida shakllantirilgan va imkon qadar arzonlashtirilgan:
• Bepul ulanish — tarifga ulanishda hech qanday boshlang‘ich to‘lov talab etilmaydi.
• Oyiga atigi 25 000 so‘m — bu hajmdagi xizmatlar uchun bozordagi eng maqbul narxlardan biri.
• O‘zbekiston bo‘ylab 500 daqiqa — farzandlar, nabiralar, do‘stlar yoki zarur xizmatlar bilan doimiy aloqada bo‘lish uchun.
• 5 GB internet — messenjerlar orqali muloqot qilish, onlayn xizmatlardan foydalanish va yangiliklar bilan tanishish uchun.
• Tas-IX va Uz-IX tarmoqlarida 10 GB — davlat portallari, ta’lim platformalari, mahalliy videoxostinglar va yangilik saytlariga barqaror kirish imkoniyati.
• 500 SMS — an’anaviy yozma muloqotni afzal ko‘radiganlar va oddiy tugmali telefon foydalanuvchilari uchun.
Kimlar ulanishi mumkin?
«Muruvvat» tarifini UZTELECOM’ning istalgan ofisida quyidagi hujjatlardan birini taqdim etgan holda rasmiylashtirish mumkin:
• nafaqa guvohnomasi;
• nogironlikni tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
• “Temir daftar” ijtimoiy himoya tizimiga kiritilganlik haqidagi hujjat.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qisqa raqam 1099 orqali yoki rasmiy veb-saytda — https://uztelecom.uz— murojaat qilishingiz mumkin.
UZTELECOM — doim yoningizda bo‘lgan operator!
Reklama huquqi asosida