IndiGo aviakompaniyasi Mumbaydan Toshkentga qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
1 avgustdan aviatashuvchi Mumbay-Toshkent-Mumbay yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi.
Foto: Uzbekistan Airports
Hindistonning loukoster IndiGo aviakompaniyasi Toshkentga ikkinchi yo‘nalishni ochadi. 2025 yil 1 avgustdan aviatashuvchi Mumbay-Toshkent-Mumbay yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi. Reyslar haftasiga to‘rt marta dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
IndiGo - bosh qarorgohi Hindistonning Gurgaon shahrida joylashgan hind xususiy loukoster aviakompaniyasi. Kompaniya muntazam qatnovlar va samolyotlar soni bo‘yicha mamlakatdagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi. IndiGo 2023 yil sentabr oyidan Dehli-Toshkent-Dehli yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga muntazam reyslarni amalga oshirib kelmoqda.
Yangi yo‘nalish – Mumbay (ilgari Bombey) Hindistonning moliyaviy markazi va dunyodagi aholi eng zich joylashgan shaharlardan biri. Hindistonning g‘arbiy sohilida Arab dengizi bo‘yida joylashgan shahar Bollivudning yuragi va savdo, moda va ko‘ngilochar markazi hisoblanadi.