Toshkent metropoliteni 6 iyun kuni soat 3:00 dan 10:00 gacha bepul ishlaydi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Qurbon hayiti kuni barcha yo‘lovchilarga 7 soat davomida imtiyozli xizmat ko‘rsatiladi.
Foto: Kun.uz
«Toshkent metropoliteni» Qurbon hayiti bayrami kunlari poyezdlar qatnovi hamda metro ish vaqti bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd qilinishicha, 6 iyun – Qurbon hayiti kuni yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, ya’ni, tonggi soat 3:00 dan ish faoliyatini boshlaydi. Bundan tashqari, Qurbon hayiti bayrami kunida Toshkent metropoliteni soat 3:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan belgilangan boshqa dam olish kunlarida quyidagicha tartibda poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi:
- 7 iyun — shanba kuni uchun belgilangan jadval bo‘yicha;
- 8 iyun — yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat ko‘rsatiladi.
Oldinroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqtlarini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda ertalab soat 5:10 da Qurbon hayiti namozi o‘qiladi.
Prezident qaroriga ko‘ra, aholining Qurbon hayiti bayramini munosib o‘tkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 7 iyun, shanba kuni olti kunlik ish haftasi tartibi bo‘yicha ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.