softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

14 iyundan Toshkent-Islomobod yo‘nalishida aviaqatnovlar boshlanadi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

14 iyundan Toshkent-Islomobod yo‘nalishida aviaqatnovlar boshlanadi

Batafsil o'qish:

Mamlakat elchixonasi tashabbusi bilan Islomobod shahrida O‘zbekiston-Pokiston biznes-forumi tashkil etildi.

Foto: "Dunyo" AA

Forumda Pokiston Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi prezidenti Atif Ikram Shayx va Ravalpindi Savdo-sanoat palatasi rahbari Usman Shavkat, shuningdek, farmatsevtika, qurilish materiallari, teri va junni qayta ishlash, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati sohalarida faoliyat yuritayotgan pokistonlik yetakchi ishbilarmon doira vakillari va nufuzli tadbirkorlar ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev kirish nutqi bilan ochib berdi. Diplomat ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati haqida so‘zladi. U O‘zbekiston va Pokiston xalqlari o‘rtasidagi chuqur tarixiy, madaniy va ma’naviy aloqalarning strategik sheriklikni mustahkamlashdagi o‘rniga urg‘u berdi.

O‘zbekiston Pokistonni strategik hamkor – Janubiy Osiyoga darvoza deb biladi. "O‘zbekiston Pokistonning yaqin hamkori. Biroq, hozirgi 400 million dollarlik savdo aylanmasi bizning salohiyatimizni to‘liq aks ettirmaydi. Biz bu ko‘rsatkichni besh barobar oshirishimiz mumkin", – dedi diplomat.

Ma’ruzada, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlik uchun ustuvor bo‘lgan bir qator sohalarga to‘xtalib, qishloq xo‘jaligi va agrosanoat, to‘qimachilik va terini qayta ishlash sanoati, energetika, xususan, qayta tiklanuvchi energiya, farmatsevtika, turizm, logistika va transport infratuzilmasi, omborxonalar, ta’minot zanjirlari va mintaqaviy bog‘liqlik tarmoqlarini istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bugungi kunda haftasiga ikki marta Toshkent-Lahor yo‘nalishida parvozlarni amalga oshirilayotgani, 14 iyundan boshlab Toshkent-Islomobod yo‘nalishida ham aviaqatnovlar boshlanishi ma’lum qilindi. Shu bois Pokiston aviakompaniyalariga ham O‘zbekistonga yangi reyslarni yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi.