softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekiston Afg‘onistonga 183 tonna insonparvarlik yordami yubordi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O‘zbekiston Afg‘onistonga 183 tonna insonparvarlik yordami yubordi

Batafsil o'qish:

Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va mosh o‘rin olgan.

Qurbon hayiti munosabati bilan Afg‘oniston aholisiga 183 tonna oziq-ovqat mahsuloti ortilgan navbatdagi insonparvarlik yordami yuklari Balx viloyatiga yetkazildi. Bu haqda Termiz shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan yuborilgan ushbu insonparvarlik yuklari Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududida prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Balx viloyati gubernatorining o‘rinbosari Nurulhodi Abuidris, shuningdek, ikki tomon rasmiylari ishtirokida topshirildi.

Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va mosh o‘rin olgan.

«Afg‘oniston rasmiylari O‘zbekiston prezidenti va xalqiga ko‘rsatayotgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorchilik bildirib, Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarini yo‘llashdi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida O‘zbekiston Afg‘onistonga qariyb 200 tonna insonparvarlik yordami yuborgandi. O‘shanda insonparvarlik yordami tarkibidan un, makaron mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari o‘rin olgan edi. Aprel oyida esa Afg‘oniston O‘zbekistonga Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasini bezashda ishlatish uchun 16 ta yuk mashinasida Hirot oq marmarini yuborgan edi.