softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat

Batafsil o'qish:

Keyingi 8-10 yil ichida poytaxt biqinidagi 6 ming gektar maydonda Yangi Toshkent qad rostlaydi. 30 mlrd dollarga baholangan loyiha ilg‘or shaharsozlik namunasi bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Xo‘sh, aniqroq aytganda, bu ilg‘orlik nimalarda aks etadi? Kun.uz'ning bu boradagi savollariga Yangi Toshkentning bosh arxitektori Saidazim Sharipov va shaharsoz Temur Ahmedov javob berdi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavjud Toshkent shahriga tutash 20 ming gektar maydonda – Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida Yangi Toshkent qurilishi boshlanganiga 2 yil to‘ldi. Loyihaning birinchi bosqichiga 2023 yil bahorida start berilgandi.

Birinchi bosqich – 6 ming gektar hududda shaharning ma’muriy va madaniy markazlari, ilk mahallalar va biznes dahalari, maydonlar va xiyobonlar, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishini o‘z ichiga oladi. Bu bosqich 8-10 yil ichida to‘liq yakuniga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.

140 gektarlik ma’muriy hudud

Kun.uz muxbirining mas’ullar bilan suhbati – 6 ming gektarlik birinchi bosqichning 4 ming gektarini o‘zida aks ettirgan maket atrofida kechdi.

Yangi Toshkentning bosh arxitektori Saidazim Sharipovning so‘zlariga ko‘ra, shaharning ma’muriy markazi 140 gektar joyni egallaydi. Uning ikki yonida davlat xizmatchilarining uylari qad rostlaydi. Ma’muriy hudud shaharcha markazidan o‘tuvchi eng asosiy, boshqalardan kengligi bilan ajralib turuvchi bulvar ko‘cha oraqli madaniy hududga ulanadi.

Shu kunga qadar Energetika vazirligi va uning tarkibidagi tuzilmalar Yangi Toshkentdagi vaqtinchalik binolariga ko‘chib o‘tishgan. Qurilish va Ekologiya vazirliklarining vaqtinchalik binolari barpo qilinyapti. Qurilish, Transport va Suv xo‘jaligi vazirliklarining binosi bitta bo‘ladi. Shunga o‘xshab, boshqa tashkilotlarning obektlari ham integratsiyalashishi mumkin.

Avvalroq ma’lum qilinganidek, respublika darajasidagi ijro organlari Yangi Toshkent shahriga ko‘chirilib, ularning hozirgi binolari sotilishi ko‘zda tutilgan. Shu yil boshida Anorbank Energetika vazirligi joylashgan binoni qariyb 255 mlrd so‘mga, “O‘ztransgaz” AJga tegishli binoni esa 185 mlrd so‘mga sotib oldi.

Ko‘chadigan OTMlar

Yangi Toshkent qurilishining birinchi bosqichida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika (40 gektar), Yangi O‘zbekiston (50 gektar) va Vebster (20 gektar) universitetlari ko‘chirilishi belgilangan. Yuridik universitet uchun ham kampus qurilishi ko‘zda tutilgan.

Saidazim Sharipovning aytishicha, hozirda Nizomiy va Yangi O‘zbekiston universitetlari binolari ko‘tarila boshlangan, 2027 yildan boshlab talabalar unda tahsil ola boshlaydi. Mutaxassis universitet binolari xorij oliygohlari kabi kampus ko‘rinishida bo‘lishini ma’lum qildi.

Bosqichma-bosqich yo‘l yuzidagi birinchi korpus qurilyapti, boshqa binolarning qurilishi ham bo‘ladi. Eskilarining taqdiri nima bo‘lishidan bexabarman, balki davlat mulki sifatida auksionda sotilar, balki davlat yana ijtimoiy obekt sifatida qanaqadir boshqa tashkilotga berishi mumkin”, – dedi u.

Sharipov barcha OTMlar ham shahar tashqarisiga ko‘chirilishi xato ekanini, ammo ayrim keyslar misolida bu to‘g‘ri bo‘lishini bildirdi. Masalan, Yangi O‘zbekiston universiteti foydalanayotgan hozirgi bino yetarlicha talabalar qabul qilishga imkoniyat bermaydi, Nizomiy universiteti binolari esa shaharning bir nechta joylariga tarqalib ketgan.

Shahar hududida bunaqa katta kampus sharoit qilib, ya’ni yangidan biror 50 gektarlik hudud bo‘sh yer topish imkonsiz, bor narsani buzishga to‘g‘ri keladi. Yangi Toshkentda esa buning imkoni bor. Kampus deganda uning ichida o‘zining yotoxonalari bilan kurilyapti”, – dedi arxitektor.

Madaniy hududda universitetlardan tashqari ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalar ham joylashadi. Ayni qaysi tadqiqot markazlari haqida gap ketayotgani hozircha ma’lum emas,

Transport tizimi: metro, tramvay va yo‘l

Saidazim Sharipov yangi shahardagi yo‘llarda ustuvorlik jamoat transporti va piyodalarga berilishini aytdi. Bunday qilinmasa, transport tizimi kollapsga uchraydi, deydi u.

Hozirda metro qurilishi boshlangan. Metro yerostidan o‘tadi: Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab, Olimpiya shaharchasi orqali, “Do‘stlik” metro bekatiga bog‘lanadi. Dastlabki bosqichda yangi metro bekatlari soni 3 ta bo‘ladi.

Shahar bo‘ylab tramvay liniyasi metro tarmoqlari bilan bog‘lanadi. Liniya Chorvoq suv omboriga ketaverishdagi 4R12 avtomobil yo‘lidan Chirchiqqacha bo‘lgan hududdan o‘tadi. Buning loyihasi alohida mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgani, hukumatga rejalar taqdim qilingani ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, shaharga kirib kelishda transport tarmoqlari markazi quriladi, bu nafaqat poytaxt va yangi shaharni, balki Toshkent viloyatidagi Parkent, Yuqori Chirchiq kabi tumanlarni ham bog‘laydi.

Maketda avtomobillar uchun yo‘l o‘tkazgichlar, ko‘priklar bo‘lishi ham aks etgan. Bosh arxitektorga ko‘ra, ko‘priklar asosan shaharlararo magistral yo‘llarda bo‘ladi, shahar ichidagi ko‘chalarda esa kamroq. Yangi Toshkent ko‘chalarida harakatlanish bo‘laklari (“polosa”) soni bir tomonga 3 tadan, ikkala tomonga 6 tadan oshmaydi.

Loyihaga ko‘ra, yangi shaharning kamida 30 foiz hududi yashillikdan iborat bo‘lishi kerak. Energetika tizimida asosiy resurs elektr energiyasi bo‘ladi, gazdan foydalanilmaydi. Binolarni sovutishda split shakldagi an’anaviy konditsionerlar emas, balki xuddi issiq suv ta’minoti kabi yo‘lga qo‘yiladigan muzdek (-6 daraja sovuq) suv tizimidan foydalaniladi.

Shu va boshqa tafsilotlarni shaharsoz Temur Ahmedov so‘zlab berdi. Yangi Toshkent direksiyasi bo‘lim boshlig‘i Humoyuddin Abrahmatov esa loyihaning moliyaviy jihatlari haqida ma’lumot berdi. Batafsil yuqoridagi videoda tomosha qilishingiz mumkin.

Dilshoda Shomirzayeva tayyorladi.