softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Foydalanishga topshirilgan obekt kamchiliklarini bartaraf etish xarajati qoplanadi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Foydalanishga topshirilgan obekt kamchiliklarini bartaraf etish xarajati qoplanadi

Batafsil o'qish:

Vazirlar Mahkamasining «Budjet tizimi budjetlari hisobidan foydalanishga topshirilgan obektlarning kafolat muddati davomida ularni sug‘urtalash yoki tijorat banklari tomonidan kafolatlash tartibini joriy etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: Shutterstock

Hujjat bilan Budjet tizimi budjetlari hisobidan foydalanishga topshirilgan obektlarning kafolat muddati davomida ularni sug‘urtalash yoki tijorat banklari tomonidan kafolatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Belgilanishicha, foydalanishga topshirilgan obektlarni kafolat muddati davomida tijorat banklari tomonidan sug‘urtalash yoki kafolatlash ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.

Pudratchi tashkilot o‘z xohishiga ko‘ra obekt foydalanishga topshirilgandan so‘ng buyurtmachiga kafolat muddati davomida sug‘urta yoki bank kafolatini taqdim etish yo‘li bilan obektning umumiy qiymatini to‘liq moliyalashtirishni taklif qiladi.

Obektni foydalanishga topshirish dalolatnomasi tasdiqlangandan va pudratchi tashkilot tomonidan buyurtmachiga bank kafolati yoki sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi) taqdim etilgandan keyin buyurtmachi tomonidan 10 ish kuni mobaynida obektning qoldiq qiymati to‘lanadi.

Ixtiyoriy sug‘urta shartnomasi asosida sug‘urtalovchi obektda aniqlangan kamchiliklar natijasida buyurtmachiga yetkazilgan zararning qoplanishini sug‘urta qiladi.

Sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi) bo‘yicha binolar va inshootlar foydalanishga topshirilgandan keyin sug‘urta qildiruvchining ularga nisbatan kafolat majburiyatlari bilan bog‘liq kutilmagan xarajatlar (zararlar) xavfi sug‘urtalanishi mumkin.

Kafolat muddati davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘zda tutilmagan xarajatlar (zararlar) xavfi bilan bog‘liq bo‘lgan pudrat tashkilotining mulkiy manfaatlari sug‘urta obekti hisoblanadi.

Pudratchi tashkilot uchun uning buyurtmachi oldidagi kafolat majburiyatlari doirasida ta’mirlash (almashtirish, tiklash) bilan bog‘liq ko‘zda tutilmagan xarajatlar (zararlar)ning yuzaga kelishi sug‘urta hodisasi deb e’tirof etiladi.

Sug‘urta hodisasi quyidagilar aniqlanganda sodir bo‘ladi:

• kafolat muddati davomida qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlari jarayonida pudratchi tashkilot tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar;
• kafolat majburiyatlari bo‘yicha ta’mirlash ishlarini bajarishda pudratchi tashkilot yoki u vakolat bergan shaxslar tomonidan yo‘l qo‘yilgan boshqa kamchiliklar.

Tijorat banklari pudrat tashkiloti tomonidan qurilish-montaj ishlari sifatsiz bajarilganligi va/yoki ushbu obektda pudrat shartnomasi shartlariga va/yoki shaharsozlik hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan sifatsiz asbob-uskunalar va mebel-anjomlar o‘rnatilganligi aniqlanganligi natijasida buyurtmachiga yetkazilgan zararning o‘rni pudrat tashkiloti tomonidan foydalanishga topshirilgan obektning belgilangan kafolat muddati davomida ixtiyoriy ravishda qoplanishini kafolatlaydi.

Bank kafolati miqdori obekt umumiy qiymatining 5 foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.