softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘rmon xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O‘rmon xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi

Batafsil o'qish:

Prezidentning "O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan 2030 yilgacha o‘rmon fondi resurslaridan samarali foydalanishning quyidagi asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi:

1,5 mln gektarda o‘rmonlar yaratish, o‘rmonlarni qayta tiklash, shuningdek o‘rmon fondi yerlarining 3,8 ming gektarida dorivor, oziq-ovqatbop va ziravor o‘simliklar plantatsiyalarini qurish;

daraxt va butalar urug‘larini 9,2 ming tonna tayyorlash, shuningdek 919 mln ko‘chat va nihol yetishtirish;

o‘rmon fondi yerlarining 47,7 ming gektarini o‘zlashtirish, 18,7 ming gektarda himoya o‘rmonzorlarini qurish, shuningdek yiliga 31 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va boshqalar.

O‘rmon xo‘jaligi sohasini to‘liq raqamlashtirish, "aqlli o‘rmon xo‘jaligi" texnologiyalarini joriy etish uchun O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi huzuridagi "O‘rmontexnoservis" davlat unitar korxonasi bazasida O‘rmon xo‘jaligini raqamlashtirish markazi davlat muassasasi tashkil etiladi.

Markaz o‘rmon resurslarini boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish, ularning holatini real vaqt rejimida monitoring qilish, shuningdek zamonaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt va integratsiyalashgan axborot tizimlarini joriy etishni nazarda tutuvchi "Aqlli o‘rmon xo‘jaligi" (Smart forestry) axborot platformasining yagona operatoriga aylanadi.

Ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaliklari faoliyati "ilm – loyihalar – amaliyot" o‘zaro ta’siri asosida ko‘riladi.

Hujjat bilan tasdiqlandi:

"O‘rmon xo‘jaligini raqamlashtirish markazi" davlat muassasasining asosiy vazifalari va moliyalashtirish manbalari;

2025-2030 yillarga prognoz ko‘rsatkichlari:

o‘rmonlar yaratish va o‘rmonlarni qayta tiklash;

cho‘llanish va qum ko‘chishi, suv va shamol eroziyasi tuproqning oldini olish, shuningdek cho‘l, tog‘li va tog‘oldi hududlarda ekologik muhitni yaxshilash maqsadida himoya o‘rmonzorlarini qurish;

daraxt va butalar urug‘larini tayyorlash;

ko‘chat va nihol yetishtirish;

o‘rmon fondi yerlarida dorivor, oziq-ovqatbop va ziravor o‘simliklarni yetishtirish;

o‘rmon fondi yerlarida dorivor, oziq-ovqatbop va ziravor o‘simliklar plantatsiyalarini qurish va boshqalar.