softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

NNT xorijiy safarlar haqida Adliya vazirligini xabardor qiladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

NNT xorijiy safarlar haqida Adliya vazirligini xabardor qiladi

Batafsil o'qish:

Adliya vazirining «Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi buyrug‘i qabul qilindi. 

Foto: Getty images

Aniqlashtirilishicha, NNT faoliyati bilan bog‘liq NNT vakillarining xorijiy davlatlarga tashriflarini tashkil etish ham NNTning tadbiri hisoblanadi.

Bundan buyon bunday tashrifni tashkil etishda NNT kamida 7 kun oldin tegishli adliya organini xabardor qilishi kerak.

Xabarnomada quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak: 

• safar maqsadi;
• uchrashuv/tadbir o‘tkaziladigan manzil;
• tashrifni tashkil etish uchun asos bo‘lgan hujjat;
• tashrifni moliyalashtirish manbalari (turi ko‘rsatilgan holda) va boshqalar.

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.08.25 yildan kuchga kiradi.