Qozog‘iston va O‘zbekiston bolalar saratoni bo‘yicha akademik markaz tashkil qiladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Qozog‘iston va O‘zbekiston bolalar saratoni bo‘yicha akademik markaz tashkil qilish bo‘yicha kelishib oldi.
Foto: kazpravda.kz
Qozog‘istonning "Kazaxstanskaya pravda" elektron nashrining yozishicha, Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Bolalar uchun muloqot: Markaziy Osiyo va YUNISEF" yuqori darajadagi konferensiyasi doirasida Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Akmaral Alnazarova va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirlari Asilbek Xudoyorov o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, tibbiy yordam ko‘rsatishda tajriba almashish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami bo‘yicha mamlakatlar koalitsiyasi doirasida o‘zaro hamkorlik, shuningdek, Orolbo‘yi aholisi salomatligiga ta’sir etuvchi ekologik omillarni kompleks o‘rganishga qaratilgan qo‘shma ilmiy loyihalarni muhokama qildilar.
Muloqot chog‘ida bolalar salomatligini muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qozog‘iston bolalar saratoni bo‘yicha Xalqaro akademik markaz yaratishni taklif qilib, uni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, Milliy ilmiy onkologiya markazi negizida Kattalar onkologiyasi va onkogematologiyasi bo‘yicha xalqaro hab, shuningdek, UMC yurak markazi negizida bolalar kardiojarrohligi xalqaro habini tashkil etish, jumladan, qoraqalpog‘istonlik bolalarga yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini ham taklif etildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha joriy yilda O‘zbekistonda qozoq tibbiyoti kunlari va 2026 yilda Qozog‘istonda o‘zbek tibbiyoti kunlarini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tomonlar, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasida Xalqaro hab tashkil etish taklifini qo‘llab-quvvatladi.