softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Orolbo‘yi iqlimida yog‘ingarchilikni modifikatsiyalash texnologiyalari joriy etiladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Orolbo‘yi iqlimida yog‘ingarchilikni modifikatsiyalash texnologiyalari joriy etiladi

Batafsil o'qish:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev boshchiligidagi delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘ldi.

Foto: Getty images

Tashrif davomida BAAning Abu-Dabi, Dubay va Ras al Hayma amirliklaridagi davlat tashkilotlari, fondlar, yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

Jumladan, Jahon meteorologiya tashkiloti prezidenti, BAA Milliy meteorologiya markazi bosh direktori Abdulla Ahmad Al-Mandus bilan kechgan suhbat chog‘ida meteorologik va iqlimiy kuzatuvlar bazasini yaratish, Orolbo‘yi hududining qurg‘oqchil iqlimi sharoitida yog‘ingarchilikni modifikatsiyalash texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi. Tomonlar "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqilishi va Milliy meteorologiya markazi mas’ullarining O‘zbekiston, jumladan, Qoraqalpog‘istonga tashrifini tashkil etishga kelishib oldi.

Taraqqiyot fondlari va Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan samarali muloqotlar natijasida qator manfaatli kelishuvlarga erishildi.

Amirliklar tomoni Qoraqalpog‘istondagi mavjud konlarda hamkorlikda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va ekologik xavfsiz o‘zlashtirish, ikki mamlakat universitetlari hamda ilmiy muassasalari bilan birgalikda qo‘shma tadqiqot markazlari va kadrlar tayyorlash dasturlarini tashkil etish, energetika sohasida hamkorlikni rivojlantirish, tibbiyot yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi.