Gaz va elektr kompensatsiyasi uchun ariza qabul qilish jarayoni boshlandi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Endi kompensatsiya ehtiyojmand oilalarga faqat qish mavsumida emas, har oyda to‘lab beriladi.
2025 yil 1 maydan O‘zbekiston bo‘ylab ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun yil davomida kompensatsiya to‘lash amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Endi kompensatsiya faqat qish mavsumida emas, har oyda to‘lab beriladi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, ehtiyojmand oilalar uchun 1 iyundan boshlab ariza topshirish jarayoni boshlandi.
Kompensatsiyalar quyidagi toifalarga mansub oilalarga beriladi:
- Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag‘al oilalar reyestiriga kiritilgan oilalar – bunda oila a’zolariga to‘g‘ri keladigan oylik daromad 669 ming so‘mdan kam bo‘lishi lozim.
Shuningdek, ikki reyestrga ham kirmagan, ammo mol-mulki kam va oylik daromadi har bir a’zoga 1 mln so‘mdan kam bo‘lgan oilalar ham ushbu yordamdan foydalana oladi.
2024-2025 yilgi isitish mavsumi uchun kam ta’minlangan oilalarga 313,6 mlrd so‘m yordam berilgan bo‘lsa, endi bu tizim yanada kengaytirilib, 2025 yilda umumiy hisobda 1 trillion 330 milliard so‘m miqdorida kompensatsiya ajratilishi rejalashtirilgan.
Arizalar «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi, mahalladagi ijtimoiy xodim va 1140 telefon raqami orqali qabul qilinadi.