softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan AYoQShga 75 mln so‘m jarima qo‘llandi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan AYoQShga 75 mln so‘m jarima qo‘llandi

Batafsil o'qish:

«O‘zenergoinspeksiya» Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan nazorat tadbir o‘tkazildi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya

Unda, Quvasoy shahrida joylashgan «M.» MChJga qarashli AYoQSh tomonidan sotilayotgan AI-80 va AI-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasi 940-sonli qonunining 43-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 75 million so‘m miqdorida (realizatsiya qilingan neft mahsuloti qiymatining 50 foizi miqdorida) jarima qo‘llandi.

Mazkur holat yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYoQShda  aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.