softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Slovakiya bosh vaziri O‘zbekistonga kelmoqda

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Slovakiya bosh vaziri O‘zbekistonga kelmoqda

Batafsil o'qish:

Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso 8–10 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar, Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qilish reja qilingan.

Foto: Szilárd Koszticsák/EPA

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso 8–10 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, O‘zbekiston-Slovakiya ko‘p qirrali hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Ustuvor yo‘nalishlar sifatida savdo, investitsiya va innovatsiyalar, qishloq xo‘jaligi, sanoat, energetika, turizm sohalarida sheriklikni kengaytirishga e’tibor qaratiladi, deyiladi xabarda.

Tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro ahamiyatga molik masalalar, jumladan, ko‘p tomonlama maydonlarda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashiladi.

Yakunda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Tashrif doirasida Fitso IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.