softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

ASUS ProArt P16’ni yangiladi: NVIDIA RTX 50 va AI imkoniyatlariga ega yangi mobil ijod namunasi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

ASUS ProArt P16’ni yangiladi: NVIDIA RTX 50 va AI imkoniyatlariga ega yangi mobil ijod namunasi

Batafsil o'qish:

2025 yilda ASUS ijodkorlar uchun muhim yangilanish – ASUS ProArt P16 noutbukini taqdim etdi. Bu shunchaki navbatdagi reliz emas, balki har qanday kontent yaratuvchi studiyasining qudratli va portativ yuragiga aylanishi uchun puxta o‘ylangan qurilma.

Foto: ASUS

ProArt P16 murosasiz apparat komponentlarini, jumladan, noutbuklar uchun inqilobiy NVIDIA GeForce RTX 50 seriyali grafika va sun’iy intellektning eng keng imkoniyatlarini birlashtirdi. U odatiy cheklovlar doirasidan chiqib, dadil g‘oyalarni misli ko‘rilmagan tezlik va aniqlik bilan voqelikka aylantirishga yordam beradigan vosita sifatida yaratilgan.

Asosiy xususiyatlar va texnologik innovatsiyalar

ASUS ProArt P16’ni bemalol buyruqlarni shunchaki bajarmaydigan, balki ijodkorlikni davom ettiradigan noutbuk deb atash mumkin.

Yangilangan model bir qarashda 4K aniqlik darajasiga ega 16 dyuymli sensorli ASUS Lumina OLED-displeyi bilan o‘ziga rom etadi. U tasvirlarni yuqori darajada tiniq ko‘rsatadi: DCI-P3 rang maydonining 100% qamrovi va Pantone sertifikati kinematografik aniqlikni ta’minlaydi. To‘q qora rang, ajoyib kontrast 1 000 000:1 va 0,2 ms chaqmoq tezligidagi aks-sado esa beqiyos jonli tasvirni yaratadi.

Ammo ProArt P16’ning haqiqiy kuchi uning qalinligi atigi 14,9 mm va og‘irligi 1,85 kg bo‘lgan yupqa metall korpusi ichida yashiringan. Bu uning favqulodda harakatchanligini ta’kidlab, foydalanuvchiga istalgan joyda ijod qilishga yordam beradi.

Noutbuk Zen 5 arxitekturasiga ega AMD Ryzen AI 9 HX370 12 yadroli protsessorida ishlaydi. Ushbu protsessor nafaqat tezkor, balki o‘rnatilgan XDNA 2 neyroprotsessori bilan jihozlangan bo‘lib, u sun’iy intellekt hisob-kitoblari uchun 50 TOPS’ni ta’minlaydi. Grafika uchun esa noutbuklarga mo‘ljallangan 50 seriyali NVIDIA GeForce RTX kuchli videokartasi javob beradi.

Konfiguratsiya 64 GBgacha hajmdagi ikki kanalli LPDDR5X tezkor xotirasini qo‘llab-quvvatlaydi va M.2 formatidagi ikkitagacha SSD PCIe 4.0 xotira qurilmasini o‘rnatish imkonini beradi. Bu qurilmalar 7000 MB/s gacha o‘qish va 6500 MB/s gacha yozish tezligini ta’minlaydi. Va, albatta, bunday quvvat yetarli darajada sovitishni talab qiladi. ProArt P16 suyuq metalldan yasalgan Thermal Grizzly termointerfeysi va uchta ventilyatorli yuqori samarali tizimga ega bo‘lib, maksimal ish yuki ta’sirida ham barqaror ishlashni ta’minlaydi.

SI integratsiyasi va kengaytirilgan funksiyalar

ASUS ProArt P16 ijodiy jarayonni soddalashtiradigan va tezlashtiradigan keng qamrovli sun’iy intellekt funksiyalari to‘plamini ham taklif etadi. ASUS'ning ijodiy SI ilovalari barcha media kontentni oson boshqarishga yordam beradi. Masalan, bu yerda barcha fayllarni samarali tizimlashtirish uchun StoryCube va qo‘lda matnli so‘rov yoki fotosurat bo‘yicha tasvirlarni oflayn yaratish uchun MuseTree ilovalari mavjud.

Sun’iy intellekt videoaloqa sifati haqida ham qayg‘uradi. ASUS Ai Sense veb-kamerasi tezkor kirish uchun Windows Hello xizmatini qo‘llab-quvvatlaydi, ekran qorong‘ilashmasligi uchun nigohni kuzatishni biladi va yorug‘likni tuzatish bilan uch o‘lchovli shovqinni olib tashlashni (3DNR) taklif qiladi. Bundan tashqari, foydalanuvchining ovozini ajratib ko‘rsatish orqali onlayn qo‘ng‘iroqlar paytida ovozni tozalaydigan ASUS AI Noise Cancelation intellektual shovqinni kamaytirish yordamchisi mavjud.

Bundan tashqari, ProArt P16 sun’iy intellektga asoslangan Copilot+ PC yordamchisi bilan birlashtirilgan. Masalan, bu yerda sun’iy intellekt funksiyalariga tezkor kirish uchun Copilot tugmasi mavjud bo‘lib, uni bosish orqali foydali sun’iy intellekt vositalariga kirish mumkin. Ular orasida: Recall (kompyuter tarixi bo‘yicha aqlli qidiruv), Live Captions (subtitrlarni sinxron tarjima qilish), CoCreator (rasm chizish uchun yordamchi) va Auto SR (o‘yinlarda super ruxsat) ilovalari ham bor. Windows Studio Effecs funksiyalari video chaqiruvlar paytida tasvirni yanada yaxshilaydi.

Bevosita tachpadga o‘rnatilgan DialPad eksklyuziv kontrolleri ishlash qulayligini oshiradi. Adobe – After Effecs, Photoshop, Premiere Pro va Lightroom ilovalarida funksiyalarni tezkor boshqarish uchun ushbu vosita ijodkorning aql bovar qilmaydigan tezlik va aniqlikda ishlashiga yordam beradi. Shuningdek, noutbuk to‘liq interfeyslar to‘plami bilan jihozlangan: ikkita klassik USB-A, to‘liq o‘lchamli HDMI, universal USB-C (quvvatlagich va displeylarni qo‘llab-quvvatlaydi), shuningdek, ma’lumotlarni tezkor uzatish uchun SD Express 7.0 tezkor kart-rider. Sifatli ovoz uchun esa harman/kardon sertifikatiga ega, oltita karnayli, tiniq va kuchli ovozni ta’minlovchi audiotizim javobgardir.

ASUS ishonchliligi va qo‘llab-quvvatlash xizmati

ASUS kompaniyasi qurilmalarni ishlab chiqaruvchining standart shartlari bilan qoplanmagan shikastlanishlardan qo‘shimcha himoya qilish uchun ASUS Perfect Warranty kengaytirilgan kafolat dasturini taklif etadi. Dastur 2025 yil 1 yanvardan boshlab sotib olingan ASUS, ROG va TUF seriyali noutbuklarga tatbiq etiladi. U tasodifiy tushib ketishlardan, suyuqlik orqali shikast yetishidan, kuchlanishning sakrashidan, shuningdek, tashqi ta’sirlardan himoya qilishni o‘z ichiga oladi. ASUS Perfect Warranty imtiyozlarini faollashtirish uchun foydalanuvchi ASUS hisobini yaratishi va xarid qilingan noutbukni xarid qilingan kundan boshlab 90 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak. Batafsil ma’lumot uchun – havola orqali o‘ting.

2025 yilgi ASUS ProArt P16’ni O‘zbekiston elektronika do‘konlaridan, shuningdek, ASUS rasmiy hamkori: nout.uz’dan xarid qilish mumkin.