softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Xorazmda Rossiyadan deportatsiya bo‘lganlarga soxta pasport tayyorlab berish bilan shug‘ullangan guruh aniqlandi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Xorazmda Rossiyadan deportatsiya bo‘lganlarga soxta pasport tayyorlab berish bilan shug‘ullangan guruh aniqlandi

Batafsil o'qish:

Urganch tumanida “pasporstol” xodimi va boshqalar guruhga birlashib, pul evaziga soxta ma’lumotlar kiritilgan ID karta va pasport tayyorlab kelishgan. Ular asosan Rossiyadan deportatsiya bo‘lib, ushbu davlatga qaytib ketish maqsadida yurganlarga shaxsiy ma’lumotlarini o‘zgartirgan holda pasport tayyorlab bergan. Hatto fuqarolarning tug‘ilgan yili va sanasi ham o‘zgartirib yuborilgan.

Foto: Kun.uz

Urganch tumani IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi pasportchisi M.A. uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. U fuqarolarga soxta ID karta va xorijga chiqish pasporti tayyorlab berish bilan shug‘ullanib kelgan.

Kun.uz o‘rgangan sud hukmida keltirilishicha, M.A. moddiy daromad orttirish maqsadida R.X., A.A., M.R. va boshqalar bilan bir guruhga birlashib, jinoiy reja tuzgan. Unga ko‘ra, guruh a’zolari Rossiyadan deportatsiya qilingan va ushbu davlatga qaytib ketish maqsadida yurgan fuqarolarni topib, pul evaziga ularga shaxsiy ma’lumotlarini o‘zgartirgan holda ID karta va xorijga chiqish pasporti tayyorlab bergan. Bu ishni “pasporstol” xodimi M.A. IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshirgan.

Jumladan, M.A. 1988 yil 25 iyul kuni tug‘ilgan fuqaro U.X.ga pul evaziga ismi, familiyasi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va sanasi hamda shaxsiy identifikatsion raqamini o‘zgartirgan holda ID karta, xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirgan. U ayni shu yo‘l bilan 20 nafardan ortiq fuqaroga soxta ma’lumotlar kiritilgan hujjatlar tayyorlab bergan. Buning uchun 3 mln so‘mdan 1 500 AQSh dollarigacha “xizmat haqi” olgan.

M.A. hatto Samarqand, Farg‘ona viloyatida yashovchi, Rossiyadan deportatsiya bo‘lgan shaxslarga ham Urganch tumanida ro‘yxatga olingani haqida soxta ma’lumotlar kiritib, shaxsiy ma’lumotlarini o‘zgartirgan holda pasport rasmiylashtirib bergan. “Pasporstol” xodimi o‘zining bu jinoiy harakatlarini fosh qilmaslik va javobgarlikdan qutulish maqsadida fuqarolarga tegishli bo‘lgan haqiqiy pasportlarni yirtib, yoqib yuborgan.

M.A. sud hukmi bilan tuhmat, mansab soxtakorligi, pora olish kabi jinoyatlarni sodir qilishda aybli deb topilgan. Unga 3 yil ichki ishlar organlari tizimida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 10 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Guruhning boshqa a’zolari ham turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingan.