softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Ikki filial, bir maqsad: «Al-Jabr»da an’anaga aylangan «Zakovat»

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Ikki filial, bir maqsad: «Al-Jabr»da an’anaga aylangan «Zakovat»

Batafsil o'qish:

«Al-Jabr» xususiy maktabida so‘nggi ikki yildan buyon Sebzor va Yunusobod filiallari o‘rtasida an’anaviy tarzda «Zakovat» bellashuvi tashkil qilib kelinmoqda. Bu musobaqa orqali nafaqat bilim, balki sog‘lom raqobat va do‘stona muhit ham shakllanmoqda.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, bellashuvdan asosiy maqsad – o‘quvchilarda ilmga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, raqobatni bilim orqali shakllantirish va bilimli inson har doim taqdirlanishi kerakligini anglatishdan iborat. Bu kabi tadbirlar orqali o‘quvchilar o‘rganganlarini nafaqat o‘qituvchilarga, balki ota-onalariga ham namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Ular o‘rtasidagi do‘stlik, jamoada ishlash va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari ham rivojlanadi.

«Al-Jabr» xususiy maktabi birinchi tarbiyani, keyin bilimni ustuvor qo‘ygan maktab hisoblanadi. Avvalo bilimni beramiz, keyin esa uni talab qilib olishimiz kerak. Odatda kunlik o‘qishda o‘quvchilar o‘zaro sinfdoshlari bilan raqobatlashishadi. Lekin haqiqiy raqobat ikki maktab o‘rtasida seziladi. Filiallar o‘rtasida bu «Zakovat» bellashuvini tashkillashtirishimizdan maqsad – bolalar uchun motivatsiya beradi.

Qozog‘istonda, Abu-Dabida o‘tkazilgan olimpiadalardagi ishtirok faqat o‘quvchilarimizning mustahkam bilimiga qo‘yilgan poydevor. Har bir ota-onaga, o‘quvchilarga katta minnatdorchilik bildiraman – chunki buning ortida katta mehnat turibdi.

Bu tadbir ikkita filialimiz o‘rtasida har yili o‘tkaziladi. O‘quvchilar va ustozlar ham shunga tayyorgarlik ko‘radi. Filiallararo raqobat tizimi shakllanadi, deydi «Al-Jabr» xususiy maktabi rahbari Matluba Karaxodjayeva.

Maktabning ikki filialidan qariyb 800 nafar o‘quvchi ishtirok etgan olimpiadada ota-onalar ham tomoshabin sifatida qatnashib farzandlarini qo‘llab-qo‘llashdi. Ular musobaqada bevosita ishtirok etish orqali farzandlarining bilim darajasi haqida xolis va aniq tasavvurga ega bo‘lishadi.

“Qizim Yasminaxon Akromxo‘jayeva 1 yildan beri bu maktabda o‘qiyapti, biz ukam, singlim – barchamiz farzandlarimizni shu yerda o‘qitamiz. Maktabda tartib-intizom, bilim yuqori darajada beriladi. Qizim matematikadan, ingliz tilidan ancha sust edi. Mana hozir musobaqada qatnashib oliy o‘rinni olishdi. Bu bolalarni yanada o‘z ustida izlanishga o‘rgatadi”, deb ta’kidlaydi ota-onalardan biri.

Bellashuv faqat o‘quvchilar emas, ustozlar o‘rtasida ham sog‘lom raqobat muhitini yuzaga keltiradi. Turli filiallarda dars berayotgan o‘qituvchilar o‘quvchilar natijalari orqali o‘z bilim berish darajalarini baholash imkoniga ega bo‘ladi. Bellashuv natijalariga ko‘ra, yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan o‘qituvchilar maktab ma’muriyati tomonidan taqdirlanadi.

Shuningdek, bellashuv jarayonlari ikki filial o‘quvchilari o‘rtasida tanishish, do‘stona aloqalarni rivojlantirish, jamoaviy ishlash va muloqot qilish ko‘nikmalarini ham rivojlantirishi ta’kidlanmoqda.

«Al-Jabr» maktabi bu kabi tadbirlarni doimiy ravishda tashkil qilish orqali o‘quvchi va ustozlar salohiyatini yanada ochib berish, bilimli avlodni shakllantirishni maqsad qilgan.

Telefon: +99855 500 8485

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: forms.amocrm.ru/rwrcmtd

Instagram: instagram.com/al_jabruz/

Telegram: t.me/aljabrmaktabi

Reklama huquqi asosida