softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekiston TIV AQShdagi vatandoshlarni ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O‘zbekiston TIV AQShdagi vatandoshlarni ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi

Batafsil o'qish:

Tashqi siyosiy idora hozirda Los-Anjyelesdagi namoyishlarda O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etgani bo‘yicha ma’lumot kelib tushmaganini bildirdi.

Foto: CNN

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov Los-Anjyelesda (AQSh) bo‘layotgan namoyishlar yuzasidan OAV tomonidan kelayotgan savollarga izoh berdi.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur namoyishlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ishtirok etgani to‘g‘risida hech qanday rasmiy tasdiqlangan ma’lumot kelib tushmagan.

Shu bilan birga, tashqi siyosiy idora AQShdagi barcha yurtdoshlarni ushbu mamlakatning amaldagi qonun-qoidalariga qat’iy amal qilishga, tinchlik va xavfsizlikni buzishi mumkin bo‘lgan har qanday ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi.

«O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari xorijdagi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda davom etadi. Zarur hollarda fuqarolarimiz AQShdagi elchixonamiz va Bosh konsulxonamizga murojaat qilishlari mumkin», — deyiladi xabarda.

Los-Anjyeles janubidagi Paramount shahrida 6 iyun kuni kechqurun migrantlarga qarshi reydlardan so‘ng tartibsizliklar boshlandi, natijada o‘nlab odamlar qo‘lga olindi. Reydlarga qarshi namoyishchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi.