O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Mobiuz mobil aloqa operatorini sotib olishga qiziquvchilardan arizalar qabuli boshlandi. Sanksiyaga tushgan va sanksion ro‘yxatdagi sub’yektlar bilan aloqalarga ega investorlar xususiylashtirishda qatnasha olmaydi.
Foto: Mobiuz
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Universal Mobile Systems” MChJ (savdo belgisi – Mobiuz) ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha xalqaro ochiq savdo jarayoni boshlanganini e’lon qildi.
Rothschild & Co xalqaro investitsiya banki bitim bo‘yicha yetakchi strategik va moliyaviy konsultant sifatida jalb etilgan. Moliyaviy, soliq va yuridik ekspertiza (“vendor due diligence”) o‘tkazish KPMG'ga topshirilgan. Deloitte mustaqil baholovchi sifatida ishtirok etadi.
2024 yil yakuniga ko‘ra, Mobiuz'ning sof tushumi 2 086 mlrd so‘mni, abonentlari soni 7,8 mln nafarni tashkil etgan.
Qayd etilishicha, xususiylashtirish ochiq raqobat asosida amalga oshiriladi, unda ham mahalliy, ham xalqaro darajada barcha qiziquvchilar qatnashishi mumkin.
Savdo uch bosqichda amalga oshiriladi:
Qiziqish bildirish to‘g‘risidagi arizalar 2025 yil 1 avgust Toshket vaqti bilan soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.
Kelib tushgan arizalar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida imzolangan prezident farmoniga asosan, sotiladigan yirik kompaniyalar ro‘yxatiga Mobiuz'dan tashqari UzAuto Motors, GTL, “O‘zmetkombinat” va boshqalar ham kiritilgan.