Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Ushbu fuqarolar hamda ularning farzandlari O‘zbekistonga qaytishlari uchun aviachiptalar bilan ta’minlandi.
Foto: Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi
Migratsiya agentligining RFdagi vakolatxonasiga kelib tushgan murojaatlar asosida, Rossiyaning qator shaharlarida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi.
Qayd etilishicha, 2025 yil iyun oyida Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Ufa va Yekaterinburg shaharlarida og‘ir moliyaviy va huquqiy holatga tushib qolgan fuqarolar hamda ularning farzandlariga Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Ushbu fuqarolar Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, HY-634, HY-9670, HY-9658 va HY-9662 reyslari uchun aviachiptalar bilan ta’minlangan.
Migratsiya agentligi xorijda og‘ir holatga tushgan o‘zbekiston fuqarolari +7 925 045-47-44 telefon raqami yoki @pomoshrussiamigrant Telegram manziliga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.
Avvalroq Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.