softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Yangi hosildan bug‘doy xarid qilish choralari belgilandi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Yangi hosildan bug‘doy xarid qilish choralari belgilandi

Batafsil o'qish:

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2025 yil hosilidan bug‘doy xarid qilish va ichki bozorni don bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari belgilandi.

Foto: Sputnik / Vitaliy Timkiv

2025 yil don hosilidan boshlab, davlat resurslari hisobidan xarid qilingan bug‘doy bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun "O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi" AJ har yili 1 iyunga qadar yanvar-aprel oylarida shakllangan o‘rtacha narxdan kelib chiqib, 3-sinf bug‘doy uchun o‘rtacha narxni o‘zining rasmiy saytida e’lon qilishi belgilandi.

Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga omborlardan don qabul qilish va berish jarayoni, shuningdek Jamg‘arma, tijorat vakillari va bug‘doy yetishtiruvchilar o‘rtasidagi moliyaviy hisob-kitoblarning tezkor va shaffof amalga oshirilishini ta’minlash uchun yaratilgan d-xarid.uz axborot tizimi orqali shartnoma asosida don xarid qilishga ruxsat berildi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2025 yil hosilidan vaqtincha saqlash, davlat resursi va urug‘lik uchun bug‘doyni qabul qiladigan omborlar dislokatsiyasi;
  • 2025 yil hosilidan davlat resursiga xarid qilinadigan bug‘doyning sinflar kesimidagi narxlarini aniqlash koeffitsiyentlari;
  • 2026 yil hosili uchun tayyorlanadigan urug‘lik bug‘doyni vernalizatsiya qilish uchun sovitkichli omborxonalarda saqlash hajmlari.