softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘zbekistonliklarga nima beradi?

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘zbekistonliklarga nima beradi?

Batafsil o'qish:

To‘rtinchi bor o‘tkazilayotgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi nafaqat yirik sarmoyadorlar uchun, balki aholi uchun ham muhim ahamiyatga ega. Chunki investitsiya bu – iqtisodiy o‘sish, yangi ish o‘rinlari, xizmatlar sifatining oshishi va hayot darajasining yaxshilanishi demakdir.

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Forum doirasida dunyoning 100 ga yaqin mamlakatidan 3000 nafarga yaqin ishtirokchilar, 1 000 dan ortiq kompaniyalar Toshkentdagi sarmoyaviy muhit bilan tanishish, investitsiyaviy loyihalar yuzasidan muzokaralar olib borish uchun jam bo‘lishadi.

Ishsizlikka qarshi amaldagi yechim

O‘zbekistonda ishsizlik va vaqtincha ish bilan bandlik hali ham dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Forumda e’lon qilingan yirik sanoat, agrar, logistika va infratuzilma loyihalari minglab yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi. Bu, ayniqsa, yoshlar va kasbga ega mutaxassislar uchun katta imkoniyat hisoblanadi.

Agrobiznes, IT, kimyo, qurilish, turizm va energetika kabi sohalarda yirik investitsiya kirib kelishidan ham iqtisodiy manfaat bor, ham aholi uchun yangidan yangi ish imkoniyatlari ochiladi.

Mahsulot va xizmatlar sifatidagi yaxshilanish

Shu kungacha bo‘lgan davrda forumda qatnashishi kutilayotgan ko‘plab xorijiy kompaniyalar o‘z loyihalarini O‘zbekistonda amalga oshirish niyatida ekanini bildirdi. Bu ishlab chiqarish korxonalari, tibbiyot, ta’lim, bank, turizm va IT xizmatlari sohasida ham sifatning oshishiga olib keladi.

Investitsiyaning ortgani, albatta, faqat korxonalar sonining ko‘payishi bilan emas, balki servis sifatining oshib borishi, mahsulotlar raqobatbardoshligi va zamonaviy texnologiyalar kirib kelishini ham anglatadi. Jumladan, logistika tizimlari, raqamli xizmatlar, ta’lim va tibbiyot kabi sohalardagi xorijiy investitsiyalar oddiy fuqarolar uchun hayot sifatini ko‘tarishda bevosita ahamiyat kasb etadi.

Forum doirasida “yashil iqtisodiyot”, raqamli transformatsiya, energetika, turizm va ta’lim sohalarida o‘nlab innovatsion g‘oyalar taqdim etildi. Bularning amalga oshishi O‘zbekiston aholisi uchun arzon va sifatli xizmatlar, ekologik toza mahsulotlar hamda yangi infratuzilmalarni anglatadi.

Xalqaro maydonda O‘zbekistonga bo‘lgan ishonch ortmoqda

Forum doirasida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi ham keng yoritiladi. Muhimi, mamlakatimizda yaratilgan investitsiyaviy muhit, kafolatlar, huquqiy himoya mexanizmlari va faol islohotlar xalqaro investorlarni jalb qilmoqda.

Sarmoyadorlar uchun ochiq va shaffof muhit yaratish, biznes yuritishda qulayliklar berish bugungi davlat siyosatining markazida turibdi. Natijada, jahonning yetakchi kompaniyalari O‘zbekistonni investitsiya uchun ishonchli yurt deb bilib, faol hamkorlikka kirishmoqda.

Har kim kuzatishi mumkin

Forum rasmiylar va investorlar uchrashuvi bilan cheklanib qolmaydi. Uni maxsus onlayn platforma orqali (https://tiif.online) jamoatchilik ham to‘liq kuzatib borishi uchun imkoniyat yaratilgan. Ko‘rgazma, panel muhokamalar, biznes forumlar orqali har bir fuqaro ushbu jarayonlarni bevosita kuzatish va ma’lumot olish imkoniga ega.

Eng muhimi, forumda muhokama qilinadigan har bir g‘oya, har bir investitsiya bitimi ertaga biz ishlaydigan zavod, farzandlarimiz o‘qiydigan maktab yoki oilaviy klinika ko‘rinishida hayotimizga kirib kelishi mumkin.

Faqat davlat emas, jamiyat ham yutmoqda

TIIF–2025 shunchaki rasmiy forum emas. Bu islohotlar natijasini ko‘rsatuvchi, mamlakatning yangi taraqqiyot bosqichi sari tashlagan qat’iy qadami. Bu forum:

– ishsizlikka qarshi amaliy choralar;

– sifatli xizmatlar va raqobatbardosh mahsulotlar;

– jahonning O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchi;

– eng muhimi, xalq farovonligi uchun investitsiyaviy rivoj yo‘lidir.

Bu xalqaro forum – barchamizga ta’sir qiladigan, yangi imkoniyatlarni kengaytiradigan voqea. O‘zbekistoning global sahnaga chiqishiga bevosita guvoh bo‘ling!

Sherzod Zokirov,
yuridik fanlar bo‘yicha
falsafa doktori (PhD)