softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Talabga javob bermaydigan mahsulotni o‘z ixtiyori bilan chaqirib olgan tadbirkorlarga yengillik beriladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Talabga javob bermaydigan mahsulotni o‘z ixtiyori bilan chaqirib olgan tadbirkorlarga yengillik beriladi

Batafsil o'qish:

Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi yig‘ilishida to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish, muvofiqlikni baholash organlari mas’uliyatini oshirish hamda tadbirkorlarga yengillik berishga doir va boshqa qator qonun loyihalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan hujjat — muvofiqlikni baholash organlarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda mahsulotlarni o‘z ixtiyori bilan chaqirib olgan tadbirkorlarga yengillik berishga qaratilgan qonun loyihasi bo‘ldi.

U bilan Fuqarolik kodeksiga, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi va “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlarga tegishincha muvofiqlikni baholash organlarining mas’uliyatini oshirishga hamda texnik reglamentlar talablariga javob bermaydigan mahsulotni chaqirib olgan tadbirkorlik sub’yektlarini rag‘batlantirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Qonun loyihasining muhokamasida fraksiya a’zosi Muhsinjon Xolmuhamedov o‘z nuqtayi nazarini bildirib, mazkur hujjat iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sifatsiz mahsulotlarni bozordan chiqarish jarayonida tadbirkorlar ishtirokini rag‘batlantirish orqali samarali huquqiy mexanizmlarni shakllantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Yig‘ilishda kun tartibidan o‘rin olgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.