softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

“Mamlakatni dono va bilimli yetakchi boshqarmoqda” - Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

“Mamlakatni dono va bilimli yetakchi boshqarmoqda” - Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso

Batafsil o'qish:

Kecha “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston va Qatar milliy terma jamoalari futbol bo‘yicha jahon chempionati saralash o‘yinida maydonga tushdi.

Rasmiy tadbirlar ko‘p bo‘lishiga qaramay, Prezident Shavkat Mirziyoyev uchrashuvni stadionga kelib tomosha qildi.

Muxlislar e’tiborini tortgan jihati – davlatimiz rahbarining yonida Toshkentdagi investitsiya forumiga kelgan Bolgariya Prezidenti Rumen Radev, Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso,  Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov, Qirg‘iziston Hukumati raisi Adilbek Kasimaliyev, Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda, Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Nokerguli Ataguliyev va boshqa ramiylar ham bor edi.

Bu mazkur hamkor mamlakatlar bilan munosabatlardagi samimiylik, O‘zbekiston Prezidentiga bo‘lgan katta hurmatning bir ko‘rinishi. Ular nafaqat o‘yinni kuzatdi, balki tomoshabinlar, xalqimiz bilan birga xursand bo‘ldi.

O‘zaro ishonch va hurmatga qurilgan bunday munosabatlar, albatta, iqtisodiyotda ham o‘z aksini topadi. Buni investitsiya forumidagi kelishuvlardan, forum doirasidagi diplomatiyadan ham bilsa bo‘ladi.  

Masalan, Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso O‘zbekiston tanlagan iqtisodiyot yo‘li samarali ekanini ta’kidladi. “Mamlakatni dono va bilimli yetakchi boshqarmoqda” dedi u.