softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Toshkentdagi davlat maktabida pulli sinf ochildi. Ayrim ota-onalar bundan norozi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Toshkentdagi davlat maktabida pulli sinf ochildi. Ayrim ota-onalar bundan norozi

Batafsil o'qish:

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 50-maktabda yangi ochiladigan to‘rtta 1-sinfning bittasi pulli qilinmoqda. Maktab direktoriga ko‘ra, bunday sinf o‘tgan yili ham ochilgan bo‘lib, bunda o‘quvchilarga 3 mahal ovqat beriladi va kechgacha qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tiladi. Oylik to‘lov – 2,8 mln so‘m. Butun boshli sinfni “tijoriy” shaklda tashkil etish qonunchilikda yo‘q.

Foto: Yandeks-xaritalar

Kun.uz'ga Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 50-maktabga bolasini bermoqchi bo‘lgan onalardan murojaat kelib tushdi. Ular davlat maktabida pulli sinflar ochilayotganidan norozi.

“Bu axir davlat maktabi-ku, nimalar qilishyapti bular? Tajribali sinf rahbarlarining sinflari pulli bo‘larkan, tajribasiz, reytingi pastlariniki esa tekin. Bu toza odam ajratish-ku, axir. Nimalar bo‘lyapti o‘zi? To‘lashga puli yo‘qlarning farzandi yaxshi sinf rahbarida o‘qishga loyiq emas ekan!” – deydi shaxsi sir qolishini istagan murojaatchilardan biri.

50-maktab Toshkent markazida, metroning Amir Temur xiyoboni bekati oldida joylashgan. Kun.uz muxbiri farzandini maktabga bermoqchi bo‘lgan ona sifatida maktab direktori Laziza Arifxonova bilan bog‘landi.

“Tijoriy sinflarni ochganimizga ikkinchi yil ketyapti. O‘tgan yili birinchisini ochganmiz, bu yil ikkinchi yil. Boshqa maktabda direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelganman, u maktabda ham pulli sinf bor edi, bu tizim ishlayotganiga 4 yil bo‘lyapti. Shu sabab menda bu birinchisi emas.

[1-sinflar uchun] 4 ta sinf ochilyapti, shulardan bittasi – tijoriy sinf. “Kommercheskiy” sinflarning oyiga to‘lovi 2 mln 800 ming so‘mdan, 3 mahal ovqati, darslari, qo‘shimcha mashg‘ulotlari, kechgacha “krujok”lari bilan birga. Robototexnika, chizmachilik, raqs, 2 xil sport, master-klass keladi bularga, keyin ingliz tilidan qo‘shimcha darslar kiritganmiz. Hozir 2-sinfdagi bolalarimizga o‘zbek tilidan qo‘shimcha darslar kiritganmiz – shunaqa qilib har kuni bolalar uchta-uchta mashg‘ulotlar bilan band. Bu ixtiyoriy”, – dedi u.

Maktab direktoriga ko‘ra, sinfxonalar yetishmovchiligi sababli yuqori sinflarda pulli tizim qilinmagan. Hozircha faqat boshlang‘ichda bor.

Laziza Arifxonova maktabga qabul qilish tartibini ham tushuntirdi.

“20 iyunda my.maktab.uz bazasi ochiladi. U bazada o‘zingizni, keyin farzandingizni ro‘yxatdan o‘tkazasiz, “propiska” bo‘yicha bolani maktabga joylashtirishingiz kerak. Keyin avgust oyida qo‘shimcha kvota ochiladi, xuddi o‘sha saytning o‘zida asosiy kvotadan keyin qo‘shimcha kvotani tanlab, tumanimiz va 50-maktabni tanlab, navbatga turasiz. Keyin suhbatga kelasizlar. Mikrohududimiz kichkina, shu sabab ota-onalarimizda navbatga turishga bemalol imkoniyat bor”, – dedi u.

Davlat maktabida pulli sinf qilinishi qonunchilikda yo‘q

2019 yilda hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pulli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tartibi belgilangan. Hujjatga ko‘ra, qo‘shimcha ta’lim berishga qaratilgan pulli ta’lim xizmatlaridan foydalanish ixtiyoriy.

U maktablarning o‘quv dasturlarida nazarda tutilmagan, ya’ni davlat ta’lim standartlaridan tashqari mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi. Xizmat maktab direktori va o‘quvchilarning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida ko‘rsatiladi.

Uning narxlari maktab kuzatuv kengashi bilan kelishilgan holda, direktor tomonidan tasdiqlanadi. Direktor va pedagoglar tomonidan o‘quvchilarning majburiy tartibda pulli ta’lim xizmatlariga jalb etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Nizomda pulli yoki tijoriy sinflar tushunchasi qayd etilmagan. Ammo Konstitutsiyaning 50-moddasiga ko‘ra, davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Qolaversa, ayni modda O‘zbekiston 1994 yilda ratifikatsiya qilgan “Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya”ning 28-moddasida ham aks etgan.

Kun.uz bu borada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy munosabatini olish uchun so‘rov yubordi.