softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Rossiyalik o‘quvchilar uchun O‘zbekistonda yozgi oromgohlar tashkil etiladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Rossiyalik o‘quvchilar uchun O‘zbekistonda yozgi oromgohlar tashkil etiladi

Batafsil o'qish:

Mamlakat Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston va Rossiyaning Novosibirsk viloyatidagi yirik turkompaniyalar hamda sayyohlik agentliklari vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Foto: "Dunyo" AA

Unda Novosibirsk viloyati Iqtisodiy rivojlanish vazirligi, "Mintaqaviy rivojlanish markazi" davlat muassasasi, Novosibirsk sayyohlik tashkilotlari assotsiatsiyasi rahbariyati, hududdagi turoperatorlar vakillari qatnashdi. O‘zbekiston tomonidan Turizm qo‘mitasi mas’ul xodimlari va sayyohlik kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Novosibirsk viloyati iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari –marketing, tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm departamenti boshlig‘i Anna Vinnikova Rossiyaning ushbu hududi turizm sohasi vakillari va ularning o‘zbekistonlik hamkorlari o‘rtasida yaqin aloqalarni o‘rnatish muhimligini ta’kidladi.

Novosibirskdan O‘zbekistonga sayohat qilishning afzalliklari qatorida respublikaning turli hududlariga haftasiga 10 dan ortiq aviareyslar hamda rossiyalik sayyohlar uchun taklif etilayotgan turli sayyohlik yo‘nalishlarining mavjudligi qayd etildi.

Vazir o‘rinbosari, Novosibirsk viloyati joriy yil Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan an’anaviy "Ipak yo‘lidagi turizm" Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasida  alohida stend bilan ishtirok etishini  bildirdi.

Shuningdek, tomonlar Rossiyaning ushbu  hududidagi turizm sanoati vakillari va ularning o‘zbekistonlik hamkorlari o‘rtasida yaqin aloqalarni jadallashtirish, qo‘shma sayyohlik dasturlarini ishlab chiqish, turistlar almashinuvini ko‘paytirish xususida fikr almashdilar.

O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi vakillari Rossiya turizm bo‘yicha strategik hamkor ekanligini, respublikaga rossiyalik sayyohlar oqimi an’anaviy tarzda xorijiy davlatlardan kelayotgan mehmonlar sonidan 1,5-2 barobar ko‘p ekaniga e’tibor qaratdi.

Rossiya tomoni O‘zbekistonda taklif etilayotgan va maktab o‘quvchilari va pensionerlar uchun ishlab chiqarish, o‘quv va tijorat, infoturlar kabi rivojlanayotgan turizm yo‘nalishlariga katta qiziqish bildirdi. Xususan, Novosibirsklik bolalar uchun joriy yil avgust oyida mamlakatdagi yozgi oromgohlarda, pensionerlar uchun esa O‘zbekistonning eng yaxshi shifoxona va kurortlarida dam olish kabi variantlar taklif etildi.

Bundan tashqari, rossiyalik hamkorlarga "Ipak yo‘li" Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti tomonidan rossiyalik talabalar uchun jahon turizm industriyasining barcha asoslarini chuqurroq o‘rganish uchun to‘rtta grant ajratilishi ma’lum qilindi.