O‘zbekistonning Latviyadagi turizm brendi elchisi tayinlandi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Mamlakat elchixonasi tashabbusi bilan Latviya poytaxtida O‘zbekiston turizm salohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Foto: "Dunyo" AA
Unda Latviyaning yirik turagentliklar rahbarlari va turizm sohasiga aloqador ko‘plab kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
Tadbir qatnashchilari e’tiboriga davlat rahbarining "Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi" tashabbusi hamda Buxoro, Toshkent, Xorazm va boshqa tarixiy maskanlar haqida ma’lumot berildi.
O‘zbekiston va Latviya o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik aloqalarining bugungi holati va istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Bu kabi tadbirlar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi urg‘ulandi.
Latviyalik mutaxassislar mamlakatda so‘ngi yillarda turizm sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi.
Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekistonning Latviyadagi turizm brendi elchisi etib tayinlangan Vladimir Koryaginga maxsus sertifikat topshirildi.
Uchrashuv yakunida Boltiqbo‘yi davlatlaridan turistlar oqimini oshirish, jumladan, yaqin vaqt ichida mazkur mamlakatlarning salohiyatli turkompaniyalari va turizm sohasi vakillari uchun info-tur tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.