softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Yangiyo‘lda yuk mashinasi velosipedchi bolani urib ketdi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Yangiyo‘lda yuk mashinasi velosipedchi bolani urib ketdi

Batafsil o'qish:

30 yoshli haydovchi MAN rusumli yuk mashinasida 9 yoshli velosipedchini urib yuborgan. Bola bu vaqtda yo‘lni kesib o‘tayotgan bo‘lgan. U YTHdan keyin shifoxonaga yotqizilgan. Voqeadan 6 kun o‘tib berilgan rasmiy xabarda bolaning hozirgi ahvoli haqida ma’lumot berilmagan.

Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yuk mashinasi velosiped haydab ketayotgan 9 yoshli bolani urib ketdi. 5 iyun kuni ro‘y bergan hodisa haqida viloyat IIB YHXB 11 iyun kuni xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea soat tahminan 11:30 larda Baytish mahallasi hududidan o‘tgan D-022 “Nurafshon – Oqqo‘rg‘on – Yangiyo‘l” avtomobil yo‘lining 57-kilometrida ro‘y bergan.

Haydovchi K.T. (1995 y.t.) MAN TGS rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotgan vaqtda o‘ziga nisbatan o‘ng tomondan chap tomonga harakatlanib o‘tayotgan velosipedchi Yu.E.ni (2016 y.t.) urib yuborib, YTH sodir etgan.

Bola turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari, olib shifoxonaga yotqizilgan.

Voqeadan 6 kun o‘tib berilgan rasmiy axborotdan bolaning hozirgi ahvoli haqidagi ma’lumot joy olmagan.

Yangiyo‘l tumani IIB tergov olib bormoqda.