softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekistonda rossiyaliklarni aldash bilan shug‘ullangan call-markaz yopildi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O‘zbekistonda rossiyaliklarni aldash bilan shug‘ullangan call-markaz yopildi

Batafsil o'qish:

Hozir tergov va tezkor guruhlar ish olib bormoqda.

Foto: Yuliya Pyxalova

O‘zbekiston va Belarusda rossiyaliklarning pullarini firibgarlik yo‘li orqali o‘zlashtirish bilan shug‘ullangan call-markazlar faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Rossiya IIV Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Danil Filippov ma’lum qildi.

«Xorijiy hamkorlarimiz bilan Belarus va O‘zbekiston hududlarida call-markazlar faoliyatini to‘xtatdik. Ular yopildi. Ular Rossiya fuqarolarini aldagan», dedi u boshqa tafsilotlarni keltirmasdan.

Filippovning aytishicha, hozir tergov va tezkor guruhlar birgalikda ish olib bormoqda.

U Rossiyada ham noqonuniy call-markazlarni aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ta’kidladi. Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk va Yakutiyadagi shunday markazlar faoliyati to‘xtatildi.

Qayd qilinishicha, 2024 yilda Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan uyushgan jinoiy guruhlar va jinoiy jamoalar tarkibida sodir etilgan 10 mingdan ortiq masofaviy o‘g‘irliklar bo‘yicha jinoyat ishlari sudlarga yuborilgan.